G‘ayrat, avval o‘ziga aytsin
Xodiming yoki menejering boshqa hamkasbi to‘g‘risida senga shikoyat qilib keldi. Nima qilish kerak? Avvalo shikoyatligi ma’lum bo‘ldimi, gapini to‘xtat va undan…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriXodiming yoki menejering boshqa hamkasbi to‘g‘risida senga shikoyat qilib keldi. Nima qilish kerak?
Avvalo shikoyatligi ma’lum bo‘ldimi, gapini to‘xtat va undan hamkasbiga bu kamchilikni aytgan yoki yo‘qligini so‘ra.
Aytmagan bo‘lsa, borib aniq, ochiq, lekin hurmat bilan aytishini, birga biror yechimga kelishlari kerakligini tayinlab suhbatni tugat.
Avval bir necha marta aytgan, kelishgan, lekin o‘zgarish bo‘lmagan bo‘lsa, shikoyat qilinayotgan insonni ham suhbatga chaqir.
U tomonni ham eshitib, vaziyatni tomonlar bilan birga muhokama qil. Maqsading uni oq, buni qora qilish bo‘lmasin, yechim qilish bo‘lsin.
Agar avval o‘zing biladigan muammoni senga aytayotgan bo‘lsa, unda bu seni xatoying, masalani shu vaqtgacha hal qilmagansan.
Yaqin kunlarda yosh menejerlarimizdan biri boshqa menejerimiz haqida ba’zi kamchiliklarni aytishni boshladi.
Tafsilotiga o‘tmasidan gapini bo‘lib: "O‘ziga aytganmisiz?" deb so‘radim. "Yo‘q, aytmaganman, lekin o‘zgarmaydi baribir" degan ma’noda gapirdi.
Men unga "Siz kamchiligini aytmagan, birga yechim qilishga, yordam berishga harakat qilmagan bo‘lsangiz, qayerdan o‘zgarsin" deb tushuntirdim.
Shaxsdagi kamchilikni aytishda bir nozik nuqta bor, aytishdan avval eshituvchini tayyorlab olishing kerak.
Tayyorlash odatiy tavsiyalar kabi birinchi maqtash emas, bu katta menejerlarga o‘xshamaydi, tez sezib qolishadi, soxtalikka o‘xshab tuyuladi.
Tayyorlash — ba’zi masalalarda kamchilik bo‘lyapti, deb o‘ylayotganingni, uni qanday aytishni bilmayotganingni, yakunda birga biror yechimga birga kelishdan umid qilayotganingni bildirish bilan bo‘ladi.
Voqelikda ham holatni haqiqatda kamchilik, deb sen o‘ylayotgan bo‘lasan, u emas. Yechimni ham aniq-tiniq bilmasliging mumkin.
Keyin, fidbek bu sovg‘a, uni aynan shu yondashuvda berishing kerak, kerak bo‘lsa masalani yechishda o‘zidan yordam so‘rash kerak.
Unutma, sen ko‘priksan, jamoang o‘rtasidagi ko‘prik. Ko‘prikning vazifasi ikki tomonga ham xavfsiz o‘tishni ta’minlash.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, guruhga yozdim, deb qo‘l qovushtirib o‘tirma
Boshqaruvga yaqinda o‘tgan jamoadoshlarimizdan biri aytib qoldi: — Abdulloh aka, boshqaruv guruhiga masala yozsam, menejerlar javob bermayapti. Guruh deyarli…
G‘ayrat, rahbarlik — aslida filter bo‘lish degani
Xuddi havo filtri changni ushlab, ichkariga toza havo o‘tkazgani kabi, sen ham tashqaridan kelayotgan negativni jamoaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmasliging…
G‘ayrat, uning gapirishga ehtiyoji bor
Ba’zida xodim nima demoqchi ekanini gapining boshidayoq tushunib olasan. Kecha suhbatlarimdan birida filial menejerlaridan biri nima demoqchi ekanini gapining…