Asosiy mazmunga o‘tish
Rahbar tafakkuri1 daqiqa o‘qish5 marta o‘qilgan

G‘ayrat, bajarishni niyat qilib muhokama qil

Yaxshi g‘oyalarni o‘ldirish, munosabatlarni uzishga sabab bo‘luvchi odat haqida

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Avvallari rahbarim biror g‘oya aytsa, avvalo keskin rad qilardim.

Maqsadim yomon emas edi —

jiddiy xatolarni oldini olish, mavjud tizimni saqlash.

Lekin natijada muhokama ko‘pincha hissiy bo‘lib ketardi.

Men hujum qilardim.

U kishi himoya qilardilar.

Bugun o‘ylab qarasam, sabrlari juda kuchli ekan.

O‘zi CEO sifatida biznesni yaxshilaydigan g‘oya topish oson emas.

Ustiga ustak, takliflaring ijro jamoasi tomonidan tez-tez rad qilinsa — bu yanada qiyin.

Hozir ijro jamoasi rahbari sifatida boshqa narsani tushunyapman.

Yangi g‘oya chiqqanda endi avval

“nega bo‘lmaydi?” deb emas,

“agar qilsak zo‘r bo‘ladi, qanday qilib qilsak bo‘ladi?”

degan niyat bilan muhokamaga kirishga harakat qilyapman.

Shunda g‘oyaning faqat kamchiliklari emas,

yaxshi tomonlari ham tezroq ko‘rina boshlaydi.

Odamlar ham fikrini erkinroq aytadi.

Muhokama osonroq kechadi.

Rahbarimning ham stressi kamaygandek.

Xulosa:

Ba’zi muhokamalar g‘oya sabab emas, niyat sabab buziladi.

Muhokamaga

“nega bo‘lmaydi?” deb kirsang — bahs chiqadi.

“Qanday qilib bo‘ladi?” deb kirsang — yechim chiqadi.

Niyatingni to‘g‘irla.

Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida