G‘ayrat, jamoadoshlar haqida fikr bildirishda o‘ta hushyor bo‘l
Xodimlar maqtashning ham chegarasi haqida
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriRahbar ekansan, og‘zingdan chiqqan har bir fikr kompaniyada tez tarqaladi
Salbiy fikr uyoqda tursin, xodimlarni maqtashing, bo‘lib ham yillar davomida sinalmagan, jamoani o‘zi tan olmagan odamni maqtashing— uni teginib bo‘lmas qilib qo‘yadi.
Keyin, odamlar undan qo‘rqib qolib, kamchiliklarini na o‘ziga, na senga aytmaydi va noroziligi to‘planib boradi.
Bu norozilikning oxiri esa haqiqiy sadoqatli va layoqatli, ammo jim yuradigan, senga talpinavermaydigan xodimlarni sendan bezdiradi.
Ishonchlaridan tushasan. Ishonchsiz, qarorlaring ijrosi qiyin, gapingni vazni og‘ir bosmay qo‘yadi.
Va bunga aybdor o‘zing bo‘lasan.
Amaliy boshqaruv videodarsligi
@boshqaruvchiga

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, boshqarish uchun — o‘lchash kerak
biznesda o‘lchab bo‘ladigan xarajat o‘lchab bo‘lmaydigan xarajatdan yaxshiligi haqida
G‘ayrat, o‘rgatish — eng muhim ishing
Xodimlarni qanday o‘stirish haqida
G‘ayrat, yangi xodimingni eski xodiming bilan kamsitma
Xodimlarni solishtirishning jamoaga ziyoni haqida