G‘ayrat, yangi xodimingni eski xodiming bilan kamsitma
Xodimlarni solishtirishning jamoaga ziyoni haqida
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriYaqinda bir ukamiz va rahbari o‘rtasida shunaqa vaziyat bo‘ldi.
Eski va yangi xodim tortishib qolib, masalani hal qilish uchun rahbar oldiga kirishgan.
Ukamiz jamoada nisbatan yangi.
Rahbar esa yangi xodimning tomonini deyarli eshitmasdan darrov shunday debdi:
“Falonchi bilan yillar davomida ishlaganman.
Og‘ir kunlarni ko‘rganmiz.
Siz esa hali yangisiz. Sizdan kutmagandim. Nima ahvol bu?!”
Shu gapni eshitib ukamiz ichidan juda hafa bo‘libdi. Haqli ham.
To‘g‘ri, sadoqat ko‘pincha yillar davomida sinaladi.
Tabiiy, uzoq ishlagan odamingga ko‘proq ishonasan.
Lekin yangi xodimni shu bilan kamsitsang — uni o‘zingdan uzoqlashtirasan.
Bu eski xodimga ham ziyon. Rahbari so‘zsiz tarafini olsa, u asta sekin buziladi.
Rahbar xodimlarni xizmat yiliga qarab emas, adolat bilan boshqaradi.
Ishonching ichingda bo‘lsin.
Adolating esa hammaga ko‘rinsin.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, jamoadoshlar haqida fikr bildirishda o‘ta hushyor bo‘l
Xodimlar maqtashning ham chegarasi haqida
G‘ayrat, boshqarish uchun — o‘lchash kerak
biznesda o‘lchab bo‘ladigan xarajat o‘lchab bo‘lmaydigan xarajatdan yaxshiligi haqida
G‘ayrat, o‘rgatish — eng muhim ishing
Xodimlarni qanday o‘stirish haqida