G‘ayrat, o‘rgatish — eng muhim ishing
Xodimlarni qanday o‘stirish haqida
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriEvos yoki Korzinka ga qara: eng oddiy xodimini ham muntazam treyning qiladi.
Sen esa “o‘zi o‘rganib oladi” deb farosatiga tashlab qo‘yasan.
Keyin xato qilsa: “Ana, eplolmayapti”, deysan.
Vaholanki, unga biror ishni jiddiy o‘rgatmagansan.
Hech kim birdaniga mutaxassis bo‘lib qolmaydi. O‘rgatish kerak.
O‘rgatish — oyda yoki yilda bir bo‘ladigan jimjimador tadbir emas.
U har kuni bo‘lishi kerak.
Kichik fidbek ham treyning.
Qisqa tavsiya ham treyning.
Eng zo‘r treyning — rahbarning o‘zi namuna bo‘lishi.
Buning uchun xodimga vaqt ajratishing kerak:
har kuni 5–10 daqiqa yoki haftasiga 1–2 soat.
Ajratmasang — xatosi ko‘payadi.
Sen norozi bo‘lasan. Yana xodimni ayblaysan.
Ochig‘ini aytsam, aslida ayb o‘zingda.
Vaqt ajratmagansan. O‘rgatmagansan.
Rahbarlik — odamlarni ishlatish emas.
Rahbarlik — odamlarni o‘stirish.
O‘stirmasang, xato qiladi.
Xato qilsa, aybni undan emas — o‘zingdan qidir.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, jamoadoshlar haqida fikr bildirishda o‘ta hushyor bo‘l
Xodimlar maqtashning ham chegarasi haqida
G‘ayrat, boshqarish uchun — o‘lchash kerak
biznesda o‘lchab bo‘ladigan xarajat o‘lchab bo‘lmaydigan xarajatdan yaxshiligi haqida
G‘ayrat, yangi xodimingni eski xodiming bilan kamsitma
Xodimlarni solishtirishning jamoaga ziyoni haqida