Blogga qaytish
Rahbar tafakkuri|
11.03.2026, 17:28

G’ayrat, boshqarish uchun — o‘lchash kerak

biznesda o‘lchab bo‘ladigan xarajat o‘lchab bo‘lmaydigan xarajatdan yaxshiligi haqida

Yaqinda filiallarimizdan birida kommunikatsion xatoyimiz sabab mijozlarimizdan biri bizdan jiddiy hafa bo‘lgani haqida xabar berishdi.

Mijoz bilan gaplashdim, kech bo‘lgan ekan. To‘lovni qaytarishni talab qildilar. Xizmat ko‘rsatib bo‘lingan. Qaytarish tariximizda bo‘lmagan.

Vaziyatni o‘rganib, qayta xabar berishimni aytdim. Bilsam, xato ochiq bizda. Mijoz haqli. To‘lovni qaytarish haqida qaror qildim — 9–10 mln so‘m atrofida.

Boshqa xatolarimizni ham to‘g‘riladik. Mijoz yil yakunigacha bepul ta’lim oladigan ham bo‘ldi. Jami xarajatimiz yillik 34 mln atrofida. Mijoz qoldi.

Arzirmidi? Albatta. Chunki, odamiylik tomondan tashqari, biznes jihatidan ham to‘g‘ri qaror.

Agar shu mijoz bizdan haqli norozi bo‘lib ketganda, eng kamida 10 lab yaqinlariga bizni yomonlagan bo‘lardilar.

Biz falon dollarlar sarflab qilgan reklamalarimiz, o‘quvchilar natijasi uchun sarflayotgan pullarimiz shu insonlarga ta’sir qilmasdi.

Va yakunda eng kami 300 yoki 400 mln so’m yillik tushumdan ham ayrilgan bo‘lardik. Eng muhimi, qancha yo‘qotganimizni bilmasdik ham.

Chunki u kishi potensial 10 ta mijozni qaytaradimi yoki 20 ta — o‘lchash mutlaqo imkonsiz.

Shu sabab, biznesda o‘lchab bo‘ladigan xarajat o‘lchab bo‘lmaydigan xarajatdan yaxshi, deydi.

Ulashish:
A

Abdulloh Shamsiddin

Menejment bo'yicha ekspert va murabbiy. Professional konsultant.

O'xshash Mavzular