Asosiy mazmunga o‘tish
Rahbar tafakkuri1 daqiqa o‘qish12 marta o‘qilgan

G‘ayrat, ba’zi muammolar yozilganda yo‘qolib qoladi

Stressni kamaytirish uslublaridan biri haqida

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Ikki yil oldin rahbarimning ayrim ishlaridan juda norozi edim.

Oldilariga kirib hammasini aytmoqchi bo‘lib yurgandim.

Shunda ustozim aytgan bir gap esimga tushdi:

“E’tirozlaringni avval yoz. Keyin ayt.”

O‘tirib yozishni boshladim.

Yozar ekanman, bitta narsani ko‘rdim: e’tirozlarimning ko‘pi asossiz ekan. Masala esa o‘ylaganimdan ancha oddiy chiqdi.

Shundan beri muammoni juda jiddiy deb bilsam, avval yozaman. Soddalashadi.

Aqlimiz juda band. Yozmasak, muammoni ichimizda kattalashtirib yuboramiz.

Psixologiyada ham yozish hissiy bosimni kamaytirishi aytiladi.

Ba’zi muammolar esa yozilgandan keyin muammo bo‘lmay ham qoladi.

Yoz.

Eng kamida xotirjam bo‘lasan.

Eng ko‘pida — yaxshiroq yechimga kelasan.

Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida