Asosiy mazmunga o‘tish
Boshqaruv falsafasi1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, muammolarni birma-bir ayt

Bir vaqtda yechilmagan yoki ijroda muzlab qolgan bir nechta masalalaring bo‘lishi tabiiy. Mas’ullar bilan gaplashishda muammolarni hammasini birdaniga o‘rtaga…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Bir vaqtda yechilmagan yoki ijroda muzlab qolgan bir nechta masalalaring bo‘lishi tabiiy.

Mas’ullar bilan gaplashishda muammolarni hammasini birdaniga o‘rtaga tashlama — yechishga qiynalishlari mumkin.

Restoranda ham avval birinchi taom yeyiladi, keyin ikkinchi, yakunda shirinlikka navbat keladi — bu hazm qilishni oson qiladi.

Shunda, suhbat davomida faqat bir masalani muhokama qil, aniq bir yechimga yoki keyingi qadamga kelish, keyin keyingi muammoni ko‘tarsang bo‘ladi.

Masalalarni to‘plab, keyin yoppasiga o‘rtaga tashlashda davom etar ekansan, mas’ullarni ishonchini yo‘qotishni boshlaysan — muammo yechuvchi emas, tug‘diruvchi maqomiga o‘tasan.

Ishonch yo‘q joyda fikrlaring jiddiy olinmaydi, faktlaring ham tekshiriladi. Ba’zi ko‘targan masalalaring e’tiborsiz qoldirilishi mumkin.

Va bu senga yoqmaydi, yakunda o‘zing jamoadan ketasan yoki ketkazilasan.

Va bu seni xatoying bo‘ladi, agar senga bu fidbekni avval aytishgan bo‘lsa.

Bir muddat avval mas’ullarimizdan biriga shuni aytgan edim, bir necha oy amal qildilar, lekin yaqinda yana takror boshladi, yana jiddiy eslatib qo‘ydim.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emas

Jamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol. Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Zo‘r to‘laysan,…

1 daqiqa
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.

Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim. Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan…

1 daqiqa
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o‘zi yetmaydi

Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman…

2 daqiqa