Asosiy mazmunga o‘tish
Boshqaruv falsafasi1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.

Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim. Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim.

Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan ko‘p gapirganman. O‘zim haqimda ortiqcha ma’lumot berganman. Birovning ko‘nglini o‘ylab, qat’iy turishim kerak joyda yumshaganman.

Buni yuzimga aytganlar ham bo‘ldi. Avvaliga yoqmadi. Hozir qarasam, to‘g‘ri ekan.

Keyin shu mavzuda tajribali bir necha odam bilan gaplashdim. Hammasi deyarli bir gapni aytdi:

Rahbar har gapni gapiravermaydi. Har joyda hazil qilavermaydi.

Bu qovoq solib yurish yoki odamlardan uzoqlashish degani emas.

Gapir. Kul. Hazil qil. Faqat o‘rnida.

Chunki sen o‘zingni jamoangga yaqin his qilib hazil qilasan. Ular esa sening har gapingni rahbarning gapi deb eshitadi.

Sen kulib aytgan gapni kimdir jiddiy qabul qiladi. Kimdir xafa bo‘ladi.

Eng yomoni, juda oz odam senga hazil bilan javob qaytara oladi. Undan ham ozi “Bu gapingiz menga yoqmadi”, deb yuzingga ayta oladi.

Shuning uchun haziling joyiga tushgan-tushmaganini bilmay ham qolasan.

Xuddi shunday, birovning ko‘ngli uchun bir marta yumshasang, ertaga talabning o‘zi yumshadi deb tushunishlari mumkin.

Samimiylik chegarasizlik emas ekan, uka. Ayniqsa, ayol-qiz jamoadoshlar bilan.

Jamoangga yaqin bo‘l. Lekin qayerda to‘xtashni bil.

Men buni kechroq tushundim. Sen mendan oldinroq tushunib ol.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emas

Jamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol. Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Zo‘r to‘laysan,…

1 daqiqa
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o‘zi yetmaydi

Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman…

2 daqiqa