Asosiy mazmunga o‘tish
Boshqaruv falsafasi1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, yaxshi odam bilan ishonchli odamni adashtirma

Bir xodim haqida gaplashib: — Yaxshi bola, ishonaman unga, debsan. Yaxshi odam bo‘lish — boshqa. Ishda unga suyanish mumkinligi — boshqa. Odam xushmuomala,…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Bir xodim haqida gaplashib:

— Yaxshi bola, ishonaman unga, debsan.

Yaxshi odam bo‘lish — boshqa. Ishda unga suyanish mumkinligi — boshqa.

Odam xushmuomala, samimiy, niyati toza bo‘lishi mumkin. Ammo shu fazilatlarning o‘zi uni ishonchli qilib qo‘ymaydi.

Va’da beradi — bajarmaydi. Ulgurmaydi — oldindan aytmaydi. Muammo chiqsa — oxirigacha yashiradi.

Bunday odam yomon emas. Lekin ishda unga suyanib bo‘lmaydi.

Ishonchli odamni gapidan emas, odatidan taniysan:

aytdimi — qiladi;
qilolmasa — oldindan aytadi;
xato qilsa — tan oladi;
muammo ko‘rsa — yashirmaydi;
har xil vaziyatda qanday yo‘l tutishini taxmin qila olasan.

Rahbarlikda ishonch — odamni yaxshi ko‘rish emas. Unga ish topshirib, ortidan yugurib yurmaslik.

Yaxshi odamni hurmat qil. Ammo katta mas’uliyatni suyanish mumkin bo‘lgan odamga topshir.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emas

Jamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol. Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Zo‘r to‘laysan,…

1 daqiqa
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.

Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim. Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan…

1 daqiqa
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o‘zi yetmaydi

Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman…

2 daqiqa