Asosiy mazmunga o‘tish
Boshqaruv falsafasi2 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o‘zi yetmaydi

Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi.

Qisman qo‘shilmayman.

Yaxshi inson bo‘lish — rahbar bo‘lish uchun albatta kerak.

Boshqaruvni bilish esa rahbarlikni eplash uchun kerak.

Biri uyning fundamenti bo‘lsa, ikkinchisi bino.

Fundamentsiz uy pishiq bo‘lmaydi, binosiz fundamentda esa yashab bo‘lmaydi.

Ikkisi bo‘lsagina, haqiqiy ma’nodagi ergashish bo‘ladi.

Mediada ham, hayotda ham o‘ta samimiy ko‘rinadigan yaqin tanish tadbirkorimiz bor.

Bizneslari katta. Lekin moliyaviy ahvoli ham, ish sifati ham yaxshi emas. Bu bizneslarni yelkasida ko‘taradigan tayinli jamoasi ham yo‘q.

Vaqti-vaqti bilan kuchli mutaxassislar, shogirdlari kelib jamoasiga qo‘shiladi. Ammo ko‘p o‘tmay ishni topshirib ketishadi.

Shulardan biridan so‘radim:

— Nega ishlayvermaysizlar? U kishi yaxshi odam-ku?

— Aka, u kishi ustozimiz. Xizmatlari bo‘lsa, kelib qilib ketganimiz yaxshi ekan. Birga ishlasak, boshqaruvni bilmaganlari sabab ko‘p xafa bo‘lib qolamiz. Oldimizdagi hurmatlari ham tushib ketyapti.

Masalaning og‘riqli joyi ham shu.

Odam yaxshi bo‘lishi mumkin. Lekin bu uning atrofida kuchli jamoa o‘z-o‘zidan shakllanadi degani emas.

Kimni ishga olish, kimga qanday vazifa berish, nazorat qilish, to‘g‘ri fidbek berish, qaror qilish, majlis o‘tkazish va kerak bo‘lsa odam bilan xayrlashish — bularning hammasi alohida ilm.

Bularni bilmagan yoki bilib ham amal qilmaydigan rahbar yomon odam bo‘lmasligi mumkin.

Lekin yaxshi niyat bilan ham jamoani hafsalasini pir qilaveradi.

Shuning uchun rahbarlikda ikki sifat birga bo‘lishi kerak:

Ishonch va layoqat.

Ishonchli, lekin layoqatsiz rahbar natija chiqara olmaydi.

Natija faqat pul emas. Kuchli jamoa qurish ham, tizim yaratish ham, ish sifatini ushlash ham natija.

Layoqatli, lekin ishonchsiz rahbar esa kuchini jamoa uchun emas, o‘z foydasi uchun ishlatadi.

Shuning uchun kuchli va vijdonli xodim rahbariga qarab ichida ikki savol beradi:

1. Bu odamga ishonsa bo‘ladimi?

2. Bu odam ishni yurita oladimi, muammo chiqsa adolat bilan hal qiloladimi?

Faqat bittasiga «ha» javobi yetmaydi.

“Ishni ahliga topshir” degan hikmatni ham eslashimiz mumkin.

Shuning uchun, G‘ayrat, yaxshi odam bo‘l.

Lekin shu bilan kifoyalanma. Boshqarishni ham o‘rgan.

Chunki odamlar yaxshiligingni ko‘rib yoningga keladi.

Qanday boshqarishingga qarab esa qoladi yoki ketadi.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emas

Jamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol. Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Zo‘r to‘laysan,…

1 daqiqa
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.

Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim. Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan…

1 daqiqa