G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emas
Jamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol. Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Zo‘r to‘laysan,…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriJamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol.
Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q.
Zo‘r to‘laysan, zo‘r ishlaydi, natija qiladi — bundan xursand bo‘lish kerak.
Lekin hammani pul harakatga keltirmaydi.
Ba’zi odam uchun ishonch muhim.
Unga ishonsang, vakolat bersang, “shu ish senda” desang, o‘sha ishonchni oqlash uchun qattiq ishlaydi.
Boshqasiga erkinlik muhim.
Har qadamiga aralashmasang, o‘zi qaror qilishiga qo‘ysang, mas’uliyati ham oshadi.
Yana birov uchun qadr muhim.
“Bu ishni menga ishonib topshirishdi”, “men bu jamoaga kerakman”, degan tuyg‘u uni puldan ham ko‘proq harakatga keltirishi mumkin.
Boshqa birovni esa qilayotgan ishining ma’nosi ushlab turadi.
Qilayotgan ishi odamlarga foyda berayotganini, nimanidir o‘zgartirayotganini bilsa, boshqacha yonib ishlaydi.
Shuning uchun, hammani bir xil boshqarma.
Kimni nima harakatga keltirishini top.
Ayniqsa kuchli odamlaringni.
Chunki pul uchun kelgan odamga pul muhim.
Lekin ishonch, erkinlik, qadr yoki g‘oya uchun yoningda turgan odamga faqat pul bilan muomala qila boshlasang, uni yo‘qotishing mumkin.
Pulni u boshqa joydan ham topadi.
Sening oldingda qolishiga sabab esa pul emas edi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.
Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim. Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan…
G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o‘zi yetmaydi
Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman…
G‘ayrat, yaxshi odam bilan ishonchli odamni adashtirma
Bir xodim haqida gaplashib: — Yaxshi bola, ishonaman unga, debsan. Yaxshi odam bo‘lish — boshqa. Ishda unga suyanish mumkinligi — boshqa. Odam xushmuomala,…