Asosiy mazmunga o‘tish
Boshqaruv falsafasi1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, ish almashtiraverma

Bu senga sviter emas, sal havo isishi bilan alishtiradigan. Istalgan kompaniyaning madaniyatiga moslashish qiyin va vaqt oladi. Avvalgi rahbaring seni sizlardi,…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Bu senga sviter emas, sal havo isishi bilan alishtiradigan.

Istalgan kompaniyaning madaniyatiga moslashish qiyin va vaqt oladi.

Avvalgi rahbaring seni sizlardi, yangisi sensirashi mumkin.

Avvalgisi seni ko‘p eshitardi, yangisi kam eshitishi mumkin.

Bu tabiiy, hammaning o‘z haqiqati, boshqarish usuli bor.

Sen avval ularga moslashasan, ular senga emas.

Sharti, yolg‘on va g‘irromlik yo‘q muhit bo‘lsa bo‘ldi.

Qo‘lingdan ish kelsa, vaqt bilan seni qadrlashni boshlashadi.

Shunda qadriyatlaringni jamoaga tarqatishni boshlaysan.

Jamoamizdan chiqqan shogird, ukalarimizdan biri taniqli bir kompaniyaga ishga kirgandi.

Birinchi 5-6 ichida jamoaga moslashishga, yangi rahbarlari bilan ishlashga juda qiynaldi.

Bir necha marta ketish haqida ham o‘ylab maslahat soldi, qolishini va sabr qilishi tavsiya qildim.

Ikki yil o‘tmasdan shu jamoaning eng asosiy kadrlaridan biriga aylandi, rahbarlari bilan aloqasi juda yaxshilandi.

Moliyaviy erkin bo‘ldi, qadriyatlarini jamoaga singdirishni boshladi. Hozirda uni ketkazishni istashmaydigan darajaga yetdi.

Senga ham shu tavsiyam, tez ish almashtirma,

Daraxt bir joyda ko‘karadi, degani shu.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emas

Jamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol. Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Zo‘r to‘laysan,…

1 daqiqa
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.

Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim. Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan…

1 daqiqa
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o‘zi yetmaydi

Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman…

2 daqiqa