Muhammad, jim qolma
Siniq oynalar nazariyasiga ko‘ra: kichik muammolar vaqtida hal qilinmasa, kattalashib ketadi. Intizomli shogirdlarimizdan biri ikki oy avval kech qolishni…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriSiniq oynalar nazariyasiga ko‘ra: kichik muammolar vaqtida hal qilinmasa, kattalashib ketadi.
Intizomli shogirdlarimizdan biri ikki oy avval kech qolishni boshlaganini sezdim.
Lekin, "Vazifalari ko‘payib ketgandi, kechgacha ishlab charchab qolyapti, o‘tib ketadi" deb o‘ziga indamadim.
Ikki oy o‘tdi, o‘tib ketmadi, 1 haftacha kuzatdim, odatga aylanibdi. Kech bo‘lsa ham e’tirozimni o‘ziga aytdim.
Armiyada shunaqa gap bor: "Tartibdan tashqari ishga ko‘z yumsang, aslida yangi qoida joriy qilgan bo‘lasan."
Boshqaruvda ham xuddi shunday – kichik tartibsizlik vaqtida tuzatilmasa, katta muammolarga yo‘l ochadi.
Shuning uchun agar biron qoidadan tashqari ishni ko‘rsang, darrov mas’ullarga bildir.
Hatto, muammo hojatxonada qog‘oz qolmagani bo‘lsa ham. Aslida, kompaniya tartibini shu yer juda yaxshi ifodalaydi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emas
Jamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol. Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Zo‘r to‘laysan,…
G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.
Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim. Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan…
G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o‘zi yetmaydi
Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman…