Asosiy mazmunga o‘tish
Boshqaruv falsafasi1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, soxta bo‘lma

Samimiy e’tibor va hurmatni hech qachon soxtalashtirolmaysan—xodimlaring buni sezishadi. Tana tiling orqali minglab kichik signallar yuborasan, bularni…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Samimiy e’tibor va hurmatni hech qachon soxtalashtirolmaysan—xodimlaring buni sezishadi.

Tana tiling orqali minglab kichik signallar yuborasan, bularni boshqaradigan aktyor emassan.

Ichingdan ishonsanggina, bu ishonchni boshqalarga o‘tkaza olasan. Odamlar ularga ishonganingni his qilsagina katta natijalar qilishadi.

Ishongan bo‘lsang, endi haqiqatan ham unga e’tibor berishing kerak.

Haqiqiy e’tibor xodimingning shaxsiy hayotini, undagi muammolarni tushunish va unga yordam berish orqali ko‘rinadi.

Gapirmayaptimi? Sen o‘zing ochiq gapir va shaxsiy misol bo‘lgin. Xodimlar odatda rahbari ular bilan ochiq gaplasha oladigan mavzularda suhbatlasha oladi.

Faqat ish bilan bog‘liq mavzular orqali samimiy va ochiq munosabat qurish imkonsiz.

Unutma, shaxsiy munosabatlaring baquvvat bo‘lmasdan kasbiy munosabatlaring samarali bo‘lolmaydi.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emas

Jamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol. Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Zo‘r to‘laysan,…

1 daqiqa
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.

Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim. Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan…

1 daqiqa
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o‘zi yetmaydi

Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman…

2 daqiqa