G‘ayrat, kalendaringni o‘zing band qil
Boshqarar ekansan, majlis, uchrashuv, intervyu — ko‘p vaqtingni oladi, bu tabiiy. Noma’qul narsa — ularning vaqtini boshqalar belgilashi. Intervyu bormi?…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriBoshqarar ekansan, majlis, uchrashuv, intervyu — ko‘p vaqtingni oladi, bu tabiiy.
Noma’qul narsa — ularning vaqtini boshqalar belgilashi.
Intervyu bormi? O‘zingga qulay vaqtlarni rekruterga ayt.
Majlis o‘tkazmoqchimisan? Oldindan kunini va qaysi paytga to‘g‘ri kelishini bildir.
1x1 suhbatlar rejangdami? Qaysi vaqtlarni ajratganingni ayt.
Boshqalar taxmin qilib o‘tirmasin.
Shunda:
– O‘zingga ham, muhim ishlaringga ham vaqt qoladi,
– Jamoa esa “qachon?” degan savol bilan stressga tushmaydi.
Vaqtingni o‘zing boshqarmasang, boshqalar boshqaradi.
Boshqalar boshqargan vaqtda esa energiya to‘g‘ri taqsimlanmaydi. Ishing ham, kayfiyating ham buziladi.
Energiyang esa har doim cheklangan.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, muammo ishda emas
Bir xodimimiz ish ko‘pligi va stress haqida bir necha marta gapirdi. Vaqt boshqaruvi haqida tavsiyalar berdim. Stressni kamaytirish haqida gaplashdik. Yechimlar…
G‘ayrat, ba’zilar yakshanbani uxlab o‘tkazadi
Shuning uchun ham ularning hayoti deyarli o‘zgarmaydi. Rivojlanmoqchi inson uchun esa yakshanba — yetib olish kuni. Hafta ichida ulgura olmagan ishlaringni…
G‘ayrat, kutilmalarni boshqarish natijaga jiddiy ta’sir qiladi
Safardamiz. Sal kam 10 soat yo‘l yurib, mehmonxonaga 16:00 ga yetib keldik. 50 kishi. Hammaning kutilmasi — xonalarga kirib, biroz dam olish, undan keyin esa…