G‘ayrat, ba’zida uydan ishlashing kerak
Ishxonada diqqatni jamlash qiyin bo‘ladigan paytlar bo‘ladi. Shunaqa paytda uyda ishlash — to‘g‘ri qaror. O‘zim ham tez-tez shunday qilaman. Lekin samarali…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriIshxonada diqqatni jamlash qiyin bo‘ladigan paytlar bo‘ladi. Shunaqa paytda uyda ishlash — to‘g‘ri qaror.
O‘zim ham tez-tez shunday qilaman. Lekin samarali bo‘lish uchun, ayrim oddiy qoidalar bor:
1. Uydagilarni ogohlantir
Uyda bo‘lishing — “xohlagan paytda bezovta qilsa bo‘ladi” degani emas. Qachongacha chalg‘itmasliklarini avvaldan aytib qo‘y.
2. Partada ishlashga odatlan
Yotoqda ishlasang, uxlab qolasan. Tik o‘tirganingda bel og‘rimaydi, qon yaxshi aylanadi, kallang ham yaxshiroq ishlaydi.
3. Asosiy ishlarni ertaroq tugat
Tushlikdan keyin samaradorlik tushadi. Ko‘p hollarda qorning to‘yadi, ko‘zing uyquga ketadi. Muhim ishlarni tushgacha boshla, majbur tugatasan.
4. Formada ishlashga harakat qil
Kostyum kiymasang ham, yotoqdagi kiyimda qolmagin. Kiyim kayfiyatni o‘zgartiradi. Men ham asta-sekin odatlanyapman.
5. Qayerdaligingni ayt
Jamoadoshlar bilsin: uyda ishlayapsanmi, ofisdamisan — shunda “ko‘rishaylik”, “qayerdasiz” deb kamroq bezovta qilishadi. Diqqat bilan ishlay olasan.
Xulosa: uyda ishlash — zo‘r. Lekin shartli zo‘r. To‘g‘ri yondashilsa, undan katta foyda chiqadi. Bo‘lmasa, butun kuningni uxlab yoki o‘ynab o‘tkazasan.
1 kun ham uydan ishlolmayapsanmi? Unda hali jamoang kuchsiz, tizim yaxshi qurmagansan — ishlar faqat senga bog‘liq bo‘lib qolgan.
Aytgancha, bugun ham uydan ishlayapman.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, muammo ishda emas
Bir xodimimiz ish ko‘pligi va stress haqida bir necha marta gapirdi. Vaqt boshqaruvi haqida tavsiyalar berdim. Stressni kamaytirish haqida gaplashdik. Yechimlar…
G‘ayrat, ba’zilar yakshanbani uxlab o‘tkazadi
Shuning uchun ham ularning hayoti deyarli o‘zgarmaydi. Rivojlanmoqchi inson uchun esa yakshanba — yetib olish kuni. Hafta ichida ulgura olmagan ishlaringni…
G‘ayrat, kutilmalarni boshqarish natijaga jiddiy ta’sir qiladi
Safardamiz. Sal kam 10 soat yo‘l yurib, mehmonxonaga 16:00 ga yetib keldik. 50 kishi. Hammaning kutilmasi — xonalarga kirib, biroz dam olish, undan keyin esa…