G‘ayrat, siyosat qilma
O‘z rahbaringni chetlab, uning rahbariga borib ish bitirish — siyosat va bu noto‘g‘ri. Bu bilan rahbaring bilan munosabatingni buzasan, jamoada senga bo‘lgan…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriO‘z rahbaringni chetlab, uning rahbariga borib ish bitirish — siyosat va bu noto‘g‘ri.
Bu bilan rahbaring bilan munosabatingni buzasan, jamoada senga bo‘lgan ishonch ham kamayadi.
Tajribali rahbarlar baribir seni eshitmaydi — to‘g‘ri rahbaringga qaytaradi.
Rahbaring ham tajribali bo‘lsa, seni ogohlantiradi. Agar shu ishni davom ettirsang, sen bilan xayrlashishga majbur bo‘ladi.
Hamma ishni belgilangan tartib bilan qil. Rahbaring bilan ochiq gaplashishni o‘rgan.
Rahbaringdan norozimisan? Avval buni ham o‘ziga ayt, vaziyatni tushuntir va vaqt ber.
Agar rahbaring o‘zgarmasa yoki muammo hal bo‘lmasa, shundan keyingina uning rahbariga chiqsang bo‘ladi. Lekin bunda ham rahbaringni ogohlantirib qo‘yishing shart.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emas
Jamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol. Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Zo‘r to‘laysan,…
G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.
Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim. Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan…
G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o‘zi yetmaydi
Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman…