G‘ayrat, majburiyat ol
Xodimlaring muammo aytsa, “Ko‘rib chiqamiz”, deb umumiy gapirma — bu xodimga stress beradi. Resursing (pul, vaqt, energiya, vakolat va hk) yetsa, hal qilish…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriXodimlaring muammo aytsa, “Ko‘rib chiqamiz”, deb umumiy gapirma — bu xodimga stress beradi.
Resursing (pul, vaqt, energiya, vakolat va hk) yetsa, hal qilish muddatingni ayt:
Aprel oyi yakunigacha xonangizga konditsioner o‘rnatib beramiz, bo‘ldi.
Ikkilanayotgan bo‘lsang, ko‘rib chiqish vaqtingni ayt.
Taklifingiz tushunarli, faqat bir qator mas’ullar bilan gaplashib, ertaga kechga javob aytsam bo‘ladimi?
Hal qilolmaydigan bo‘lsang, buni ham ochiq bildir.
Oyligingizni yaqin orada oshirolmaymiz, afsus.
Muddat majburiyati olishing seni yaxshiroq ishlashga majburlaydi, jamoaga esa aniqlik beradi.
Noma’lumliklarni ma’lum qilish orqali yanada yaxshiroq lider bo‘lasan.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, muammo ishda emas
Bir xodimimiz ish ko‘pligi va stress haqida bir necha marta gapirdi. Vaqt boshqaruvi haqida tavsiyalar berdim. Stressni kamaytirish haqida gaplashdik. Yechimlar…
G‘ayrat, ba’zilar yakshanbani uxlab o‘tkazadi
Shuning uchun ham ularning hayoti deyarli o‘zgarmaydi. Rivojlanmoqchi inson uchun esa yakshanba — yetib olish kuni. Hafta ichida ulgura olmagan ishlaringni…
G‘ayrat, kutilmalarni boshqarish natijaga jiddiy ta’sir qiladi
Safardamiz. Sal kam 10 soat yo‘l yurib, mehmonxonaga 16:00 ga yetib keldik. 50 kishi. Hammaning kutilmasi — xonalarga kirib, biroz dam olish, undan keyin esa…