Asosiy mazmunga o‘tish
Stressni kamaytirish1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, rahbarlar oldida kamroq ko‘rin

Zarurat bo‘lmasa, jamoadoshlaring oldida o‘zing bilan teng yoki yuqori lavozimdagi rahbarlar bilan ortiqcha gaplashma. Hech qachon ularni odamlar oldida…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Zarurat bo‘lmasa, jamoadoshlaring oldida o‘zing bilan teng yoki yuqori lavozimdagi rahbarlar bilan ortiqcha gaplashma. Hech qachon ularni odamlar oldida maqtama.

Aks holda, seni “rahbarning odami”, yoki “o‘z foydasi uchun boshqalarni qurbon qilishi mumkin kishi” deb, o‘zlaridan uzoqlashtirib qo‘yishadi. Yangi rahbar bo‘lsang ayniqsa.

Vaqtingni asosan qo‘l ostingdagilar bilan o‘tkaz: ular bilan ovqatlan, ular bilan dam ol va ishdan boshqa, ularga qiziq mavzularda ham miriqib suhbatlash. Seni o‘zlaridan biri deb bilishsin.

Rahbarlaring yoki hamkasb menejerlar bilan ishdan keyin yoki dam olish kunlari ham bemalol muloqot qilaverasan.

Toshkent filialimizga yangi zavuch ishga olgandik. Ikkinchi ish kunidayoq unga faqat zarur hollarda biz bilan va boshqa rahbarlar bilan gaplashishini tayinladim.

Boshqa filialimizda yangi psixologga buni o‘z vaqtida aytmagan ekanmiz. Natijada, bir yil ichida jamoa orasida yetarlicha ishonch qozona olmadi, hayrlashishga majbur bo‘ldik. Bu bizning xatomiz edi.

Unutma, inson sifatida senga to‘liq ishonishmas ekan, rahbar sifatida chindan xurmat, itoat qilishmaydi.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Stressni kamaytirish

G‘ayrat, muammo ishda emas

Bir xodimimiz ish ko‘pligi va stress haqida bir necha marta gapirdi. Vaqt boshqaruvi haqida tavsiyalar berdim. Stressni kamaytirish haqida gaplashdik. Yechimlar…

1 daqiqa
Stressni kamaytirish

G‘ayrat, ba’zilar yakshanbani uxlab o‘tkazadi

Shuning uchun ham ularning hayoti deyarli o‘zgarmaydi. Rivojlanmoqchi inson uchun esa yakshanba — yetib olish kuni. Hafta ichida ulgura olmagan ishlaringni…

1 daqiqa