Asosiy mazmunga o‘tish
Stressni kamaytirish1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, qiyin suhbatlarni kechga surma

Fikrga qo‘shilmayapsanmi, xato ko‘rdingmi — ayt. Noto‘g‘ri tushunishlaridan qo‘rqma. Agar haq bo‘lsang, vaqt o‘tib bo‘lsa ham tushunishadi. Aytmasang, iching…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Fikrga qo‘shilmayapsanmi, xato ko‘rdingmi — ayt. Noto‘g‘ri tushunishlaridan qo‘rqma. Agar haq bo‘lsang, vaqt o‘tib bo‘lsa ham tushunishadi.

Aytmasang, iching to‘lib boradi, stressda ishlaysan, samaradorlik tushadi, oxirida ishdan ham, odamlardan ham ko‘ngling soviydi.

Men doim vaqtida aytishga urinaman— jamoadoshlarga ham, oilamda ham, do‘stlarga ham. Boshida hafa bo‘lishgan holatlar bo‘lgan, lekin yakunda doim tushunishgan.

Aksincha, kechiktirgan gaplarim meni doim qiynagan. Shu sabab, qiyin bo‘lsa ham vaqtida aytishga harakat qilaman.

Muhimi — vijdoning oldida xotirjam bo‘lish. Qolgani muhim emas.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Stressni kamaytirish

G‘ayrat, muammo ishda emas

Bir xodimimiz ish ko‘pligi va stress haqida bir necha marta gapirdi. Vaqt boshqaruvi haqida tavsiyalar berdim. Stressni kamaytirish haqida gaplashdik. Yechimlar…

1 daqiqa
Stressni kamaytirish

G‘ayrat, ba’zilar yakshanbani uxlab o‘tkazadi

Shuning uchun ham ularning hayoti deyarli o‘zgarmaydi. Rivojlanmoqchi inson uchun esa yakshanba — yetib olish kuni. Hafta ichida ulgura olmagan ishlaringni…

1 daqiqa