Asosiy mazmunga o‘tish
Ishdan bo‘shatish1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, seni kim, nima asosida baholashini unutma

Menejer sifatida qadring ikki narsada o‘lchanadi: 1. Natija — vazifa va maqsadlarga qanchalik samarali erishganing. Buni rahbaring baholaydi. - Masalan,…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Menejer sifatida qadring ikki narsada o‘lchanadi:

1. Natija — vazifa va maqsadlarga qanchalik samarali erishganing. Buni rahbaring baholaydi.

- Masalan, belgilangan reja 100% bajarilganmi, xarajat tejalganmi, vaqtida topshirilganmi.

2. Jamoa kayfiyati — seni lider va muammo yechuvchi sifatida ko‘rishlari. Buni jamoadoshing baholaydi.

- Masalan, ular yoningda o‘zini xavfsiz his qiladimi, muammo bo‘lsa senga murojaat qiladimi, sen yo‘q paytda seni himoya qilib gapiradimi.

Shu sababli bir qanot bilan ucholmaysan, qaysi biri bo‘lsa ham.

Faqat natijaga yopishib, jamoani ezsang, oxir-oqibat aqlli xodimlaring ketib qoladi.

Faqat jamoani ko‘ngliga qarab, natijaga e’tiborsiz bo‘lsang, o‘zing ketib qolasan.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Ishdan bo‘shatish

G‘ayrat, ishdan toza ketgin

Bir necha yil avval fan ustozlarimizdan biri boshqaruvdagi yangi lavozimga hujjat topshirdi. HR suhbatidan keyin kamina bilan gaplashdi. Kamchiliklarini ochiq…

2 daqiqa
Ishdan bo‘shatish

G‘ayrat, layoqatni ko‘tarasan, sadoqatni emas

Bir xodimga asosiy ishidan tashqari qo‘shimcha vazifalar berildi. Alohida haq ham to‘landi. Bir yil o‘rgatdik, yordam berdik. Baribir eplay olmadi. Shuning…

1 daqiqa