Asosiy mazmunga o‘tish
Ishdan bo‘shatish1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, xodimni ishdan bo‘shatishga emas, ishni eplab ketishiga tayyorla

Bir necha oy oldin rahbar lavozimiga nomzod bilan 2 soat suhbat qildim. Suhbat oxirida 60–70% eplab ketishiga ishondim. Buni o‘ziga ham ochiq aytdim. Ehtimoliy…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Bir necha oy oldin rahbar lavozimiga nomzod bilan 2 soat suhbat qildim.
Suhbat oxirida 60–70% eplab ketishiga ishondim.

Buni o‘ziga ham ochiq aytdim.
Ehtimoliy muammolarni, ssenariylarni tushuntirdim.

Yakunda 2 oy sinov muddati belgiladik. Qanday yordam berishimni ham kelishib oldik.

Ish boshladi. Xatolar qildi. Lekin bo‘shatish haqida o‘ylamadim.

Aybni undan emas, o‘zimdan qidirdim: “o‘rgatolmayapman”, dedim.

2 oy davomida:
— tinmay fidbek berdim
— to‘g‘risini ko‘rsatdim
— to‘liq ishondim

Lekin bir marta ham “ketkazish kerak” degan fikrni o‘rtaga chiqarmadim.

Chunki hali:
— muddat tugamagan edi
— yetarli imkon berilmagan edi
— yetarlicha o‘rgatilmagan edi

Muddat tugadi.

Endi hissiyot emas, natija gapirdi.
Va tushundim: bo‘shatish — to‘g‘ri qaror.

Bo‘shatdim.

Bilishimcha, mendan hafa emas.
Eng muhimi — vijdonim oldida xotirjam edim.

Har xatosida “baribir bo‘shatsam kerak” deb o‘ylasang,
uni hech qachon o‘rgata olmaysan.

Intervyudan keyin ham o‘zingga, ham unga aniq muddat qo‘y:

“Ikki oyda eplolsangiz, qolasiz. Eplolmasangiz, ketasiz”.

Va eng muhimi —
shu talabni o‘zingga ham qo‘y:

Sinov davrida uni o‘stirish — sening vazifang.

— Har hafta fidbek ber
— Xatolarini ochiq ko‘rsat
— Qanday to‘g‘rilashni o‘rgat

Unutma: agar yakunda natija bo‘lmasa — bu faqat uning emas, sening ham layoqatsizliging.

Avval o‘stirishga urin, shunda ham eplolmasa hissiyotsiz bo‘shatasan.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Ishdan bo‘shatish

G‘ayrat, ishdan toza ketgin

Bir necha yil avval fan ustozlarimizdan biri boshqaruvdagi yangi lavozimga hujjat topshirdi. HR suhbatidan keyin kamina bilan gaplashdi. Kamchiliklarini ochiq…

2 daqiqa
Ishdan bo‘shatish

G‘ayrat, layoqatni ko‘tarasan, sadoqatni emas

Bir xodimga asosiy ishidan tashqari qo‘shimcha vazifalar berildi. Alohida haq ham to‘landi. Bir yil o‘rgatdik, yordam berdik. Baribir eplay olmadi. Shuning…

1 daqiqa