G‘ayrat, ketmoqchi inson baribir ketadi
“Ketish” gapi — o‘yin emas. Ba’zilar oylik yoki lavozimini ko‘tarish uchun bu kartani erta ishlatib qo‘yadi. Tajribasiz rahbarlar esa qisqa muddatdagi zarardan…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori“Ketish” gapi — o‘yin emas. Ba’zilar oylik yoki lavozimini ko‘tarish uchun bu kartani erta ishlatib qo‘yadi.
Tajribasiz rahbarlar esa qisqa muddatdagi zarardan qo‘rqib asossiz talabga ko‘nadi. Natija — muhit buziladi, boshqalar ham ish bitirish uchun shu yo‘lga o‘tadi.
Kimdir qattiq stress yoki charchoq sabab ketish haqida gapirib qo‘ysa — tushuntiriladi, xatosini tushunsa bir marta imkon beriladi.
Ikkinchi marta “ketaman” deganlarga esa — chiqish eshigi hurmat bilan ko‘rsatiladi.
Bir kishining kayfiyati, kaprizi yoki taktik shantaji — jamoa, kompaniya manfaatidan ustun bo‘lmasligi kerak.
Yaqinda bizga juda kerak bo‘lgan mutaxassislarimizdan birlari bilan ham shu sabab tufayli xayrlashdik. To‘g‘rirog‘i, olib qolishga urinmadik.
Ketmoqchi odam ketgani yaxshi, deymiz.
Qo‘shimcha
Azizlar, ketish haqida gapirmasdan ham istalgan muammoni muhokama qilish mumkin, va shunday bo‘lishi ham kerak.
Ketish bilan qo‘rqitish muzokarada ishlatildimi, tajribali tadbirkor/rahbar sizni o‘z jamoasida uzoq muddatga ko‘rmay qo‘yadi, sizdan xotirjam bo‘lolmaydi.
Orangizda hali tadbirkor, rahbar bo‘lmaganlar yuqoridagi yondashuvimizga qo‘shilmasligi tabiiy, chunki hali bu og‘riqni shaxsan yashashmagan.
Unda nega yozyapman? Biznes egasi, tajribali tadbirkorlarning shu masalaga munosabati qanday bo‘lishini bildirish uchun.
Unutmaylik, aksar tadbirkor/rahbarlar avval xodim bo‘lishgan va xodim tomondan ham masalaga yondasholadi, xuddi shunday kamina ham.
Suhbatlashib masalani yecholmadikmi, ishlamaslik to‘g‘ri degan xulosaga keldikmi? Shunda ketish haqida aytish va ketish kerak.
Tabiiy, bunda ishingizni yo‘qotasiz, lekin obro‘yingiz o‘zingiz bilan ketadi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, ishdan toza ketgin
Bir necha yil avval fan ustozlarimizdan biri boshqaruvdagi yangi lavozimga hujjat topshirdi. HR suhbatidan keyin kamina bilan gaplashdi. Kamchiliklarini ochiq…
G‘ayrat, layoqatni ko‘tarasan, sadoqatni emas
Bir xodimga asosiy ishidan tashqari qo‘shimcha vazifalar berildi. Alohida haq ham to‘landi. Bir yil o‘rgatdik, yordam berdik. Baribir eplay olmadi. Shuning…
G‘ayrat, xodimni ishdan bo‘shatishga emas, ishni eplab ketishiga tayyorla
Bir necha oy oldin rahbar lavozimiga nomzod bilan 2 soat suhbat qildim. Suhbat oxirida 60–70% eplab ketishiga ishondim. Buni o‘ziga ham ochiq aytdim. Ehtimoliy…