G‘ayrat, kutilmalarni boshqara olmasang — odamlarni sendan ko‘ngli soviydi
Oylik kechikadimi? – 3–4 kun avval xabar ber, sababini ochiq ayt. Xodim qadriyatidan xavotirdamisan? – O‘ziga bildir, yo‘nalish ber. Tizimga yangilik…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriOylik kechikadimi?
– 3–4 kun avval xabar ber, sababini ochiq ayt.
Xodim qadriyatidan xavotirdamisan?
– O‘ziga bildir, yo‘nalish ber.
Tizimga yangilik qo‘shyapsanmi?
– “Nega”sini tushuntir. Aks holda qarshilik tug‘iladi.
Vazifa vaqtda bitmaydimi?
– Ta’sir qiladiganlarga oldindan ayt. Kutilmagan kechikish — ishonchni yemiradi.
Daromad kam chiqadimi?
– Ta’sischilarga kech bo‘lmasdan ma’lumot ber. Kechikkan xabar — shubha tug‘diradi.
Yangi xodim oldingmi?
– Qaysi xatolar “qimmat”ga tushishini boshidan ayt. Keyin bahona bo‘lmaydi.
Eng yomon sovg‘a — kutilmagan yomon xabar.
Odamlar “bilmaslik”dan ko‘proq asabiylashadi.
Shuning uchun, sovg‘angni oldindan aytishni o‘rgan.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emas
Jamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol. Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Zo‘r to‘laysan,…
G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.
Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim. Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan…
G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o‘zi yetmaydi
Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman…