Asosiy mazmunga o‘tish
Ishdan bo‘shatish1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, takror–takror bir xil xatoni qiladigan odamlar bilan yakunda baribir hayrlashishga majbur bo‘lasan

Ishga olishda “o‘rganishga tayyor” va senga yoqadigan insonni tanlash to‘g‘ri — buni avval batafsil yozgandik. Lekin voqelik shuki: o‘sha inson bilan bir muddat…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Ishga olishda “o‘rganishga tayyor” va senga yoqadigan insonni tanlash to‘g‘ri — buni avval batafsil yozgandik.

Lekin voqelik shuki: o‘sha inson bilan bir muddat ishlaganingdan keyin ko‘ngling to‘lmay qolishi mumkin.

Shunda savol paydo bo‘ladi:
Bo‘shatish kerakmi yoki yo‘qmi?

Avval o‘zingdan so‘ra:
• Yetarlicha o‘rgatdingmi?
• Yetarlicha yo‘l-yo‘riq, tushuntirish berdingmi?
• Yetarlicha motivatsiya qildingmi?
• Kutilmalarni aniq aytdingmi?

Agar shularning hammasidan keyin ham eski xatolarni takrorlayotgan bo‘lsa —
ha, bo‘shatish kerak. Buni aniqlashga o‘rtacha 3 oy ketadi.

Chunki korxona — reabilitatsiya markazi emas.
Bir xil xatoni qayta-qayta qiladigan odam — jamoani ham, ish sifatini ham, rahbarni ham charchatadi.

Odatda, bu ishni jiddiy olmaslikdan kelib chiqadi.

Rahbarning vazifasi — imkon berish.
Xodimning vazifasi — imkonni qadrlash.

Qadrlamasa, o‘rni bo‘shatiladi.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Ishdan bo‘shatish

G‘ayrat, ishdan toza ketgin

Bir necha yil avval fan ustozlarimizdan biri boshqaruvdagi yangi lavozimga hujjat topshirdi. HR suhbatidan keyin kamina bilan gaplashdi. Kamchiliklarini ochiq…

2 daqiqa
Ishdan bo‘shatish

G‘ayrat, layoqatni ko‘tarasan, sadoqatni emas

Bir xodimga asosiy ishidan tashqari qo‘shimcha vazifalar berildi. Alohida haq ham to‘landi. Bir yil o‘rgatdik, yordam berdik. Baribir eplay olmadi. Shuning…

1 daqiqa