G‘ayrat, xodimlar sadoqatini sinama
Taniqli tadbirkor Xurshid akani intervyusidan bir qismini ko‘rib qoldim: Jurnalist: “Pulingiz qolmasa oldingizda kimlar qoladi?” Xurshid aka: “Pul ishlab…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriTaniqli tadbirkor Xurshid akani intervyusidan bir qismini ko‘rib qoldim:
Jurnalist: “Pulingiz qolmasa oldingizda kimlar qoladi?”
Xurshid aka: “Pul ishlab topaveray, oldimdagilar ham oldimda bo‘laversin.”
Ya’ni, oldimdagilarni sadoqatini sinamay, deb tabassum bilan javob beribdilar.
Buni biz jamoa shakllantirishga ishlatishimiz mumkin.
Oz oylik berib, jamoadoshlarimiz sadoqatini sinamasdan, ko‘proq oylik berib qo‘yaveraylik.
Shunda, ular o‘zlarini baxtliroq his qilishadi va yakunda biz bilan ko‘proq birga bo‘lishadi ham.
Boshqa tomondan, xodimlar ketib qolish holatlari ham kamroq bo‘ladi.
24-25 o‘quv yilida Farg‘ona va Toshkent filiallarimizda ishlagan 100 dan ortiq ustoz va kuratorlarimizdan barchalari 25-26 o‘quv yilida ham jamoamizda qolishga qaror berishdi, shukr.
Tabiiy, standartlarimiz oshgani sababli 10 dan ortiq jamoadoshlarimiz bilan hayrlashishga to‘g‘ri keldi. Bu ham ularni yetarlicha rivojlantirolmagan bizning xatoyimiz.
Shunday qilib, torlik qilib sinagandan, kenglik bilan muhabbat qozongan yaxshi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, ishdan toza ketgin
Bir necha yil avval fan ustozlarimizdan biri boshqaruvdagi yangi lavozimga hujjat topshirdi. HR suhbatidan keyin kamina bilan gaplashdi. Kamchiliklarini ochiq…
G‘ayrat, layoqatni ko‘tarasan, sadoqatni emas
Bir xodimga asosiy ishidan tashqari qo‘shimcha vazifalar berildi. Alohida haq ham to‘landi. Bir yil o‘rgatdik, yordam berdik. Baribir eplay olmadi. Shuning…
G‘ayrat, xodimni ishdan bo‘shatishga emas, ishni eplab ketishiga tayyorla
Bir necha oy oldin rahbar lavozimiga nomzod bilan 2 soat suhbat qildim. Suhbat oxirida 60–70% eplab ketishiga ishondim. Buni o‘ziga ham ochiq aytdim. Ehtimoliy…