G‘ayrat, yomon ko‘rinishdan qo‘rqsang, tizim qurolmaysan
Tizim — bu ishlarni oldindan kelishilgan jarayonlar va qoidalar asosida bajarishdir. Masalan, ishga olish tizimi — oldindan ishlab chiqilgan va kelishilgan 4…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriTizim — bu ishlarni oldindan kelishilgan jarayonlar va qoidalar asosida bajarishdir.
Masalan, ishga olish tizimi — oldindan ishlab chiqilgan va kelishilgan 4 bosqichdan iborat, aniq kriteriyalarga mos kelgan nomzodni ishga oladi.
Tizimni ishlab chiqish va tasdiqlatish bilan ish bitmaydi. Endi uni rejadagidek ishlashini doim himoya qilishing kerak.
Eng avvalo o‘zingdan, istaklaringdan himoya qilasan. Sen ijrochi va nazoratchi bo‘lsang, qoidalarni buzish imkoniyati senda ko‘p.
Keyin esa, rahbaring istaklari va kayfiyatidan himoya qilasan. Ba’zan vakolati baland odamlar cheklov bilan ishlashni yoqtirmaydi, va ko‘pincha ular cheklov-tizim mavjudligini unutib qo‘yadi.
Mana shuni boshqarish qiyin. Har safar jarayon yoki qoida buzilishidan xavotir qilsang, rahbaringni to‘xtatib, fikrini eshitib, lekin tezda bajarish o‘rniga tizimga yo‘naltirish kerak — ochiq aytganda, rahbarni cheklashing kerak.
“Qanday tushunar ekanlar”, “Noto‘g‘ri tushunarmikan” deb, qo‘rqib, tizimni himoya qilmasang, fikrlaringi bildirmasang, yakunda vazifangni bajarmagan bo‘lasan.
Bunda rahbaring sendan hafa bo‘lib qolishi mumkinmi? Ha, mumkin. Lekin, vaqt o‘tib masala qayta o‘ylanganda to‘g‘ri qilganingni tushunishadi. Ishdan ketib qolmasang, albatta)
Qo‘rqma, O‘zi rozi qilib qo‘yadi, sharti ishingni vijdonan, o‘z manfaatiningni o‘ylamasdan qilishing kerak.
Shunda ham, hissiyotlaring bilan doim kurashasan, xuddi kaminadek. Va bu qiyin.
Shukr, bizda bu vaziyatlarda bizni anglaydigan rahbarimiz bor, buni ham e’tirof qilish shart.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emas
Jamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol. Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Zo‘r to‘laysan,…
G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.
Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim. Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan…
G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o‘zi yetmaydi
Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman…