G‘ayrat, ayrim xodimlar bilan xayrlashishga to‘g‘ri keladi
Katta biznesmenlar kitoblarida va bizning tajribada sinalgan usullar: 1. O‘zingdan so‘ra: “Agar u ketib qolsa, qayta ishga olarmidim?” javobing yo‘q bo‘lsa —…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriKatta biznesmenlar kitoblarida va bizning tajribada sinalgan usullar:
1. O‘zingdan so‘ra: “Agar u ketib qolsa, qayta ishga olarmidim?” javobing yo‘q bo‘lsa — demak, xayrlashsa bo‘ladi.
2. Yana so‘ra: “Qo‘l ostida ishlarmidim?” Rahbar bo‘lsa ayniqsa muhim. Javob yo‘q bo‘lsa — ketkazish to‘g‘ri.
3. Shu xodimni bo‘shatish fikri senga bir marta emas, qayta–qayta keladimi? Unda ehtimol to‘g‘ri qaror — chetlatish.
4. Xodimning hamma bilan muammosi bormi? Agar ko‘pchilik bilan chiqisha olmasa — muammo unda. Xayrlashish mumkin.
5. “Bu odam bilan uzoq yillar ishlashni xohlaymanmi? Inson sifatida yoqadimi?” Agar javobing yo‘q bo‘lsa — unda hozir birga ishlayotganingdan foyda yo‘q.
Ba’zan o‘rniga odam topilmagani yoki biznes holati sababli qaroringni biroz kechiktirishing mumkin.
Ha, aksar odamlarni o‘stirolasan, lekin biznes, bozor ularni kutib o‘tirmaydi, kechirmasligi mumkin.
Yakunda, uning xatolarini faqat sen emas, biznes va mijozlar to‘laydi. “Uni o‘stiraman” deb biznesga zarar yetkazma.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, ishdan toza ketgin
Bir necha yil avval fan ustozlarimizdan biri boshqaruvdagi yangi lavozimga hujjat topshirdi. HR suhbatidan keyin kamina bilan gaplashdi. Kamchiliklarini ochiq…
G‘ayrat, layoqatni ko‘tarasan, sadoqatni emas
Bir xodimga asosiy ishidan tashqari qo‘shimcha vazifalar berildi. Alohida haq ham to‘landi. Bir yil o‘rgatdik, yordam berdik. Baribir eplay olmadi. Shuning…
G‘ayrat, xodimni ishdan bo‘shatishga emas, ishni eplab ketishiga tayyorla
Bir necha oy oldin rahbar lavozimiga nomzod bilan 2 soat suhbat qildim. Suhbat oxirida 60–70% eplab ketishiga ishondim. Buni o‘ziga ham ochiq aytdim. Ehtimoliy…