Asosiy mazmunga o‘tish
Ishdan bo‘shatish1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, xodim qanday kelgan bo‘lsa, shunday ketadi

Tanishlarimizdan biri yangi xususiy maktabga direktor bo‘ldi. U eski maktabidan ustozlarni chaqirdi, o‘quvchilarni ham olib keldi. O‘ziga ham, maktab egasiga…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Tanishlarimizdan biri yangi xususiy maktabga direktor bo‘ldi. U eski maktabidan ustozlarni chaqirdi, o‘quvchilarni ham olib keldi. O‘ziga ham, maktab egasiga ham bu noto‘g‘ri yo‘l ekanini aytdik. Eshitishmadi.

Ikki yil o‘tmay, direktor maktab asoschisi bilan kelisha olmadi va boshqa maktabga o‘tdi. Yana o‘sha ish: ustozlar va o‘quvchilarni o‘zi bilan olib ketdi. Natijada munosabatlar yana buzildi.

Buni hunting — birovning xodimini ovlash deydi. Qisqa muddatda foyda keltirgandek ko‘rinadi. Uzoq muddatda esa odamlar orasini buzadi va oxir-oqibat o‘sha qismat o‘ziga qaytadi.

Hunting orqali yig‘ilgan jamoa — aksari prinsipsiz odamlardan iborat bo‘ladi. O‘z manfaatini deb boshqani oson tashlab ketadiganlar to‘planadi. Bunday xodim pul uchun keladi, ko‘proq pul bo‘lsa ketadi. Lavozim uchun keladi, kattaroq va’da bo‘lsa ikkilanmay chiqib ketadi.

Senga shunaqa jamoa kerakmi?

Agar javob “yo‘q” bo‘lsa, ishlayotgan xodimga ko‘z olaytirma. Umumiy e’lon qil, suhbat o‘tkaz. Lekin hozir boshqa joyda ishlayotgan odamga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taklif qilma.

Avval rahbariga ketmoqchi ekanini aytmagan bo‘lsa, ochiq aytishini so‘ra. Ungacha ish taklif qilma. Balki muammo o‘sha joyida hal bo‘lar va u qolib ketar.

Agar kimdir rahbaridan yashirib suhbatga kelsa, eslab qol:
kim qanday kelgan bo‘lsa, shunday ketadi.
Senga hali ham shunday kadr kerakmi?

Biz o‘z loyihalarimizda bu qoidaga qat’iy amal qilishga harakat qilamiz.

Shu yondashuv bilan kuchli jamoa yig‘ish mumkin. Bugun aynan shu yo‘l orqali jamoamiz 300 nafarga yetdi.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Ishdan bo‘shatish

G‘ayrat, ishdan toza ketgin

Bir necha yil avval fan ustozlarimizdan biri boshqaruvdagi yangi lavozimga hujjat topshirdi. HR suhbatidan keyin kamina bilan gaplashdi. Kamchiliklarini ochiq…

2 daqiqa
Ishdan bo‘shatish

G‘ayrat, layoqatni ko‘tarasan, sadoqatni emas

Bir xodimga asosiy ishidan tashqari qo‘shimcha vazifalar berildi. Alohida haq ham to‘landi. Bir yil o‘rgatdik, yordam berdik. Baribir eplay olmadi. Shuning…

1 daqiqa