Asosiy mazmunga o‘tish
Boshqaruv falsafasi1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, sen rozi bo‘lgan ishlar madaniyatga aylanadi

Bir necha kun oldin filial direktorlarimizdan birining o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni ota-onalarga yetkazish uchun ularni qog‘ozda to‘plash bo‘yicha jamoaga…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Bir necha kun oldin filial direktorlarimizdan birining o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni ota-onalarga yetkazish uchun ularni qog‘ozda to‘plash bo‘yicha jamoaga topshiriq berganini ko‘rib qoldim.

Darhol bog‘landim. Bizda tayyor elektron tizim va ilova bor ekan, nega qog‘ozdan foydalanilayotganini so‘radim.
Suhbat davomida bu noto‘g‘ri yechim ekanini o‘zi ham anglab yetdi va vazifa o‘zgartirildi.

Bugun xodim ishdan xabarsiz, vaqtliroq ketdi — indamading.
Ertaga bu istisno emas, odat bo‘ladi.

Majlisga kech qolishdi — e’tiroz bildirmading.
Ko‘p o‘tmay bu boshqalarga ham yuqadi.

Kimdir hamkasbini yoki rahbarini yomonladi — jim qolding.
Jamoaga bo‘linish va ishonchsizlik urug‘ini sepding.

Xojatxonada oddiy tartib yo‘q — e’tibor bermading.
Beparvolik asta-sekin boshqa joylarga ham ko‘chadi.

Shu “mayda” ko‘ringan holatlarning har biri — kompaniya madaniyati.
Va uning muallifi — sensan.

Haqiqiy madaniyat sen bo‘lmaganingda xodimlaring qanday qaror qilishi va qanday yo‘l tutishida bilinadi.

Madaniyat baland gaplar bilan emas,
mayda holatlarga munosabat bilan quriladi.

Sukutingning narxi qimmat.
Ungа befarq bo‘lma.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emas

Jamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol. Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Zo‘r to‘laysan,…

1 daqiqa
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.

Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim. Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan…

1 daqiqa
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o‘zi yetmaydi

Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman…

2 daqiqa