Asosiy mazmunga o‘tish
Ishdan bo‘shatish1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, xodim ishini saqlab qola olmasang ham, obro‘sini saqla

Takroriy xatolar sabab xodimlarimizdan biri bilan xayrlashishga to‘g‘ri keldi. Bizda aniq qoida bor: agar xodim kompaniyaga nisbatan ochiq dushmanlik qilmagan…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Takroriy xatolar sabab xodimlarimizdan biri bilan xayrlashishga to‘g‘ri keldi.

Bizda aniq qoida bor: agar xodim kompaniyaga nisbatan ochiq dushmanlik qilmagan bo‘lsa, u bilan chiroyli xayrlashamiz.

Shu sabab u kishiga gul tutqazildi, HR va filial rahbarlari bilan birga rasmga tushildi va jamoa guruhiga ijobiy hayrlashuv xabari berildi.

Biroz vaqt o‘tgach, bizni shaxsan taniydigan ustozlardan biri kelib, ketkazilish sababini o‘zimdan so‘radi.

Javobim qisqa bo‘ldi:
“Ketkazishga arzigulik darajada takror xatolar bo‘lgan. Ammo bu xatolar tafsilotini sizga aytish to‘g‘ri bo‘lmaydi, to‘g‘rimi?”

Ishdan ketayotgan xodimga bo‘lgan munosabating, qolayotganlarga signaldir — shu sabab ularni yomonlama.

Tabiiy, rahbar xodimlar bilan ketgan odam xatolarni muhokama qilishga to‘g‘ri keladi. Sharti, yomonlash emas, xatolarni tushuntirish bo‘lsin.

O‘zi kimnidir ishdan bo‘shatar ekansan, ko‘pincha xato rahbar sifatida o‘zingda bo‘ladi.

Yo yetarlicha yordam bermagan, o‘rgatmagan bo‘lasan, yoki noto‘g‘ri odamni ishga olgan bo‘lasan.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Ishdan bo‘shatish

G‘ayrat, ishdan toza ketgin

Bir necha yil avval fan ustozlarimizdan biri boshqaruvdagi yangi lavozimga hujjat topshirdi. HR suhbatidan keyin kamina bilan gaplashdi. Kamchiliklarini ochiq…

2 daqiqa
Ishdan bo‘shatish

G‘ayrat, layoqatni ko‘tarasan, sadoqatni emas

Bir xodimga asosiy ishidan tashqari qo‘shimcha vazifalar berildi. Alohida haq ham to‘landi. Bir yil o‘rgatdik, yordam berdik. Baribir eplay olmadi. Shuning…

1 daqiqa