G‘ayrat, yangi menejer bo‘lsang, keliboq “islohot” qilishga urinma
Birinchi oydagi vazifang — tushunish: - Odamlar bilan yaqindan tanish. Kim nima qiladi, nimaga zo‘r, nimada qiynaladi — bilib ol. - Kompaniya mahsuloti/xizmati…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriBirinchi oydagi vazifang — tushunish:
- Odamlar bilan yaqindan tanish. Kim nima qiladi, nimaga zo‘r, nimada qiynaladi — bilib ol.
- Kompaniya mahsuloti/xizmati nimadan iborat — hammasini xatosiz o‘rgan.
- Mavjud tartiblar, qoidalar, jarayonlar va ishlatiladigan sistemalarni (CRM, ERP, telefoniya va hokazo) boshidan-oxirigacha ko‘rib chiq.
- Xodimlar qaysi joyda “qiynalib” qolayapti — top. Avval shu muammolarni yechishga urg‘u ber.
Qisqasi, bu oy —
yangilik kiritadigan vaqt emas.
Bu oy —
tizimni, odamlarni tushunib, munosabat quradigan davr.
Agar baribir o‘zgarish kiritishga majbur bo‘lsang, o‘zing e’lon qilma. Tepangdagi rahbar bilan kelishgin, u e’lon qilsin.
Shunda jamoa seni “keliboq hamma narsani o‘zgartirishga urinadigan” bir tajribasiz, tayinlangan menejer emas, balki jamoani, ularni og‘riqlarini tushunadigan va suyansa bo‘ladigan rahbar deb qabul qiladi. Ishonch paydo bo‘ladi.
Ishonchsiz qilingan har bir o‘zgarishing esa qarshilik tug‘diradi. Oxiri sen ko‘proq siqilasan. Siqilsang ko‘proq xato qilasan. Takror xato ko‘paysa, o‘zing ketasan yoki ketkazilasan.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emas
Jamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol. Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Zo‘r to‘laysan,…
G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.
Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim. Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan…
G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o‘zi yetmaydi
Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman…