Asosiy mazmunga o‘tish
Ishdan bo‘shatish1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, yaxshisini ham ayt

Rahbaring yoki hamkasbing bilan qo‘l ostingdagi xodim kamchiliklarini muhokama qilar ekansan, yaxshi tomonlarini ham qo‘shib ayt. Chunki vaqt o‘tib u…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Rahbaring yoki hamkasbing bilan qo‘l ostingdagi xodim kamchiliklarini muhokama qilar ekansan, yaxshi tomonlarini ham qo‘shib ayt.

Chunki vaqt o‘tib u kamchiliklarini to‘g‘irlashi mumkin, sening fikring ham o‘zgaradi. Lekin boshqalarning xotirasida eski, salbiy tasavvur qolib ketadi.

Natijada jamoada u haqida ko‘proq yomon fikr tarqaladi. Hatto tasdiqlanmagan gaplarga ham tez ishonishadi.

Keyin esa uning kichik xatosi ham kattalashtiriladi, oddiy e’tiborsizlik ham muammo bo‘lib ko‘rinadi.

Oxirida esa bir odamni adolatsiz bo‘shatishga ham sababchi bo‘lib qolishing mumkin. Tajribada bo‘lgan.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Ishdan bo‘shatish

G‘ayrat, ishdan toza ketgin

Bir necha yil avval fan ustozlarimizdan biri boshqaruvdagi yangi lavozimga hujjat topshirdi. HR suhbatidan keyin kamina bilan gaplashdi. Kamchiliklarini ochiq…

2 daqiqa
Ishdan bo‘shatish

G‘ayrat, layoqatni ko‘tarasan, sadoqatni emas

Bir xodimga asosiy ishidan tashqari qo‘shimcha vazifalar berildi. Alohida haq ham to‘landi. Bir yil o‘rgatdik, yordam berdik. Baribir eplay olmadi. Shuning…

1 daqiqa