G‘ayrat, sadoqatni kichik odatlar bilan ham shakllantirasan
Ramazon kelishi bilan ish vaqtini 16:00 gacha qisqartiramiz. Jamoa uyiga, iftoriga ertaroq borsin, kamroq charchasin, deb. Odatda, shu e’lonning o‘zini ular…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriRamazon kelishi bilan ish vaqtini 16:00 gacha qisqartiramiz.
Jamoa uyiga, iftoriga ertaroq borsin, kamroq charchasin, deb.
Odatda, shu e’lonning o‘zini ular bayramdek kutib oladi.
Odamlar oylikdan ko‘ra munosabatni ko‘proq qadrlaydi. Ayniqsa, yuqori saviyadagi mutaxassislar.
Doim ham bozordagi eng katta maoshni berolmasliging mumkin. Lekin yaxshi muhit yaratsang — yaxshi odamlar sen bilan uzoqroq qoladi.
Yaxshi muhit shakllantirish esa mayda ishlardan boshlanadi:
- Ochiq yuz bilan salom berishing
- Rahbar-xodim ajratmay birga ovqatlanishing
- Kasal bo‘lsa, hol so‘rashing
- Ta’ziya bo‘lsa, borishing
- Navbatda hamma bilan turishing
- Xatoni tan olib, tuzatishing
Ro‘yxat uzun. Va bular arzimasdek ko‘rinadi. Aslida esa jamoa shu narsalar bilan ishxonani baholaydi.
Xulosa oddiy:
Madaniyat buyruq bilan emas, namuna bilan quriladi.
Namuna esa rahbarlardan boshlanadi.
Sen o‘zingni oddiy menejer deb o‘ylashing mumkin.
Lekin jamoang uchun — kompaniya madaniyati sensan.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, ishdan toza ketgin
Bir necha yil avval fan ustozlarimizdan biri boshqaruvdagi yangi lavozimga hujjat topshirdi. HR suhbatidan keyin kamina bilan gaplashdi. Kamchiliklarini ochiq…
G‘ayrat, layoqatni ko‘tarasan, sadoqatni emas
Bir xodimga asosiy ishidan tashqari qo‘shimcha vazifalar berildi. Alohida haq ham to‘landi. Bir yil o‘rgatdik, yordam berdik. Baribir eplay olmadi. Shuning…
G‘ayrat, xodimni ishdan bo‘shatishga emas, ishni eplab ketishiga tayyorla
Bir necha oy oldin rahbar lavozimiga nomzod bilan 2 soat suhbat qildim. Suhbat oxirida 60–70% eplab ketishiga ishondim. Buni o‘ziga ham ochiq aytdim. Ehtimoliy…