Asosiy mazmunga o‘tish
Ishdan bo‘shatish1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, bozordan ko‘proq to‘laganing — o‘zingga foyda

Avvalo, kuchli kadr arzonga ishlamaydi. Uning doim boshqa takliflari ham bo‘ladi, bilasan. Boshqa tomondan, kadr qancha vijdonli bo‘lmasin, bozordan kamroq…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Avvalo, kuchli kadr arzonga ishlamaydi. Uning doim boshqa takliflari ham bo‘ladi, bilasan.

Boshqa tomondan, kadr qancha vijdonli bo‘lmasin, bozordan kamroq oylik berib, uni nafsi bilan yolg‘iz qoldirsang — qiynalib ishlaydi.

Uyda oilasi, ko‘chada do‘stlari bor. O‘zining bozordagi narxini o‘zi qidirmasa ham, eshitib yuradi.

Qisqa muddat chalg‘imasdan ishini sen bilan davom ettirishi mumkin, lekin bu uzoq davom etmaydi.

Shu sabab, byudjetingni eng kami bozor darajasida, bo‘lmasa 10–15% balandroq belgilayver.

Shunda jamoang yaxshi muhit va yuqori oylik sabab mazza qilib ishlaydi, sadoqati ham balandroq bo‘ladi.

Biz maktablarimizda shunga jiddiy e’tibor qilamiz. Ayniqsa ustoz va murabbiylar uchun yuqori maosh berishga harakat qilamiz.

Shunda kutilmagan ishdan ketishlar, natijada ishning to‘xtab qolishi kabi holatlar keskin kamayadi. Ba’zilar pul sabab bo‘lsa ham to‘satdan ketib qolmaydi.

Yana bir gap: halol pul topish uchun ishlashning hech qanday yomon tomoni yo‘q. Aksar jamoadoshlar shunday bo‘ladi.

Juda kam odamlar puldan boshqa maqsadlar uchun sen bilan birga bo‘ladi. Shunda ham ularga zo‘r to‘lashing shart.

Va sadoqatlilarnigina rahbar qilasan, yoki-da rahbarlikda qoldirasan.

Sadoqatini bilish uchun esa uzoqroq ishlashing, ba’zan sinashingga to‘g‘ri keladi.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Ishdan bo‘shatish

G‘ayrat, ishdan toza ketgin

Bir necha yil avval fan ustozlarimizdan biri boshqaruvdagi yangi lavozimga hujjat topshirdi. HR suhbatidan keyin kamina bilan gaplashdi. Kamchiliklarini ochiq…

2 daqiqa
Ishdan bo‘shatish

G‘ayrat, layoqatni ko‘tarasan, sadoqatni emas

Bir xodimga asosiy ishidan tashqari qo‘shimcha vazifalar berildi. Alohida haq ham to‘landi. Bir yil o‘rgatdik, yordam berdik. Baribir eplay olmadi. Shuning…

1 daqiqa