Asosiy mazmunga o‘tish
Vazifa va delegatsiya1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, 2 yil ichida ko‘p kasblar yo‘qoladi Sababi — Sun’iy ong (AI).

IT loyihalarimizda 2 oydan beri Antigravity’dan foydalanishga o‘tdik. Oldin 5 kishi 6 oy qiladigan ishni hozir 1 kishi 1 haftada qilib qo‘yyapti. Shuni ko‘rib…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

IT loyihalarimizda 2 oydan beri

Antigravity’dan

foydalanishga o‘tdik.

Oldin 5 kishi 6 oy qiladigan ishni hozir 1 kishi 1 haftada qilib qo‘yyapti.

Shuni ko‘rib qiziqib qoldim.

Hafta boshida blogim uchun sayt qilib ko‘rmoqchi bo‘ldim.

Bir qator ham kod yozmadim.

Qilgan ishim — prompt yozish. Ya’ni AI’ga to‘g‘ri vazifa berish, xolos.

Jami 8 soat vaqtim ketdi.
IT bo‘lim menejerining esa taxminan 2 soati.

Natijada to‘liq ishlaydigan sayt tayyor bo‘ldi.
Bepul.
Va aynan o‘zim xohlagan ko‘rinishda.

AI’dan foydalanishda o‘zimga qo‘ygan qat’iy qoidam bor:

O‘z sohamdagi muammoni avval o‘zim yechishga harakat qilaman.

Masalan, boshqaruvga oid savollarni GPT yoki Gemini’dan so‘ramayman.

Chunki hamma narsani AI’dan so‘rayversang, vaqt o‘tib odamning o‘zi fikrlamay qo‘yadi.

Lekin boshqa sohalarda — marketing, sotuv yoki texnik ishlarda — AI’dan bemalol foydalanaman.

Shunda ikki narsa bo‘ladi:

O‘z sohamda mustaqil fikrlash saqlanadi.
Boshqa sohalarda esa bilim juda tez oshadi.

Xullas, AI’dan qo‘rqma.

Uni ishlatishni o‘rgan.

Chunki yaqin kelajakda ikki xil odam qoladi:

AI bilan super natija qiladiganlar.

Va AI’dan foydalanmaydigan ishsizlar —aqliy mehnat sohasida.

—

Aytgancha, qurgan saytimdan foydalanib ko‘rishing mumkin. Havola

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, xalal berma

Tanish menejerlardan biri ikki haftalik ta’tildan qaytib: “Men yo‘qligimda jamoa yaxshiroq ham, tezroq ham ishlayapti. Xalal berib yurgan ekanman”, dedi.…

1 daqiqa
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, ko‘pchilikni o‘ylayver

Maktablarimizda o‘quv yili yakunlandi. 200+ nafar ustoz, jami 280+ jamoadosh bilan qayta kelishuv jarayonidamiz. Rahbarlikda yangi jamoadoshlarimizdan biri qo‘l…

2 daqiqa
Vazifa va delegatsiya

G‘ayrat, faqat o‘zinikini ayt

Bir jamoadoshimiz kichik yig‘inda boshqa hamkasbining xatosini aytib qoldi. O‘ziga ham aytgan ekan. Yolg‘iz gaplashishga kelishib, mavzuni tez yopdim. Vaziyatni…

1 daqiqa