Asosiy mazmunga o‘tish
Boshqaruv falsafasi1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, “tizim” degani hali yechim degani emas

Bir tanishimiz bor, bir nechta do‘koni bor. Xaridlarni tartibga solaman deb ta’minot bo‘limi ochibdi, yangi odam ham olibdi. Rejasi yomon emas: Endi filial…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Bir tanishimiz bor, bir nechta do‘koni bor. Xaridlarni tartibga solaman deb ta’minot bo‘limi ochibdi, yangi odam ham olibdi.

Rejasi yomon emas:

Endi filial menejerlari o‘zi yugurmaydi, kerakli narsani ta’minotchi olib beradi.

Qog‘ozda hammasi chiroyli: jarayon yozilgan, ba’zi joylari avtomatlashtirilgan.

Lekin amalda ko‘p o‘tmay filialdagilar norozi bo‘lib, yangi odamni chiqishtirmay qo‘yishibdi.

Keyin so‘radim:

— Shu qarorni kim qabul qildi?

— O‘zim, — dedi.

— Ungacha bu ishni kim qilardi?

— Filial menejerlarining o‘zi.

— Nega o‘zgartirdingiz?

— Ishlarni tizimlashtirmoqchi, o‘g‘rilikni kamaytirmoqchi edim.

Keyin bitta savol berdim:

— Shu ishni har kuni qiladigan odamlarning fikrini oldingizmi?

— Yo‘q.

“Muammo shu yerda”, deb batafsil tushuntirdim.

Ko‘p rahbarlar tizimni tepada o‘tirib o‘ylab topadi. Keyin pastdagilarni majburlab ishlatmoqchi bo‘ladi.

Lekin odam o‘zi qatnashmagan qarorni ichidan qabul qilmaydi. Natijada eng zo‘r yechim ham ishlamasligi mumkin.

Har doim ham eng yaxshi yechim sen o‘ylagan narsa bo‘lavermaydi. Ba’zan omborda yuradigan bola vaziyatni sendan yaxshiroq tushunadi.

Rahbarning vazifasi hamma narsani o‘zi o‘ylab topish emas. To‘g‘ri odamlarni eshitib, to‘g‘ri qaror chiqarish.

Avval qaror qabul qilish usulingni to‘g‘rilasang, keyin tizim qurish ancha oson bo‘ladi.

Bo‘lmasa, eng zo‘r CRM ham, avtomatizatsiya ham foyda bermaydi.

Qog‘ozdagi tizim bilan hayotdagi tizim — boshqa-boshqa narsalar.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emas

Jamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol. Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Zo‘r to‘laysan,…

1 daqiqa
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.

Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim. Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan…

1 daqiqa
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o‘zi yetmaydi

Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman…

2 daqiqa