Asosiy mazmunga o‘tish
Boshqaruv falsafasi1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, o‘zi yaxshirog‘ini topoladi

Bir ukamiz xodimi onasining salomatligi sabab ishga bir chiqib, bir chiqmay qolayotgani haqida aytib, yechim so‘radi. — Necha yoshda? — 40. Oilada asosiy…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Bir ukamiz xodimi onasining salomatligi sabab ishga bir chiqib, bir chiqmay qolayotgani haqida aytib, yechim so‘radi.

— Necha yoshda?
— 40. Oilada asosiy boquvchi.

— Ishlamasa ro‘zg‘or nima bo‘ladi?
— Shu sabab baribir ishga qaytishga majbur.

— Yaxshi oylik oladimi?
— Ha, bozordan ko‘p topadi.

— Ko‘chadan shunaqa ish topoladimi?
— Yo‘q.

— Necha marta takrorlandi?
— 4-5 marta. Har safar tushunishga harakat qilaman.

— Jamoaga ta’siri-chi?
— Yomon. Boshqalarning ham ish grafigi buziladi.

— Biror marta jiddiy ogohlantirdizmi?
— Yo‘q. Onasi kasal-ku.

— Xato sizda ekan.
— Nima xato?

— Xodimni o‘zingiz buzgansiz. O‘yin qoidasini aniq qo‘ymagansiz. Takrorlansa nima bo‘lishini ko‘rsatmagansiz.

Yana bir xato — uning muammosiga yechimni o‘zingiz topishga urinyapsiz. Vaholanki, muammo uniki bo‘lsa, eng yaxshi yechimni ham o‘zi topadi.

Siz endi faqat aniq ogohlantirib, muddat bering. Yetarlicha yordam berib bo‘libsiz o‘zi.

3-4 kundan keyin ukamiz yana bog‘landi.

Xodim onasiga qaraydigan odam topibdi. Ishga qaytibdi. Natijada o‘ziga ham, oilasiga ham, ishxonaga ham zarar bermaydigan yechim chiqibdi.

Ba’zan xodimlarni ortiqcha ayab yuboramiz. Muammo uniki bo‘lsa ham, yechimni faqat biz qidiramiz.

Aslida esa odam orqaga yo‘l yo‘qligini bilsa, o‘z muammosiga eng to‘g‘ri yechimni ko‘pincha o‘zi topadi. Tavsiya beramiz, albatta.

Rahbarning vazifasi rahm qilib qoidani buzish, va natijada boshqa jamoadoshlarni qiynash emas.

Chunki aniq qoida faqat kompaniyani emas, xodimning o‘zini ham asraydi.

Ba’zan eng katta yaxshilik — vaqtida qat’iy bo‘lish.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emas

Jamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol. Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Zo‘r to‘laysan,…

1 daqiqa
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.

Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim. Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan…

1 daqiqa
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o‘zi yetmaydi

Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman…

2 daqiqa