G‘ayrat, avval jamoa qur. Tizim keyin keladi.
Bir tadbirkor tanishim ish jarayonlarini tartibga solish uchun tashqaridan “tizimlashtiruvchi” olib kelibdi. Mutaxassis ishni CRM, ERP o‘rnatishdan boshlabdi.…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriBir tadbirkor tanishim ish jarayonlarini tartibga solish uchun tashqaridan “tizimlashtiruvchi” olib kelibdi.
Mutaxassis ishni CRM, ERP o‘rnatishdan boshlabdi.
Eshitib u uchun xafa bo‘ldim:
“O‘rtoq, CRM o‘rnatganing bilan uni ishlatadigan, yuritadigan, rivojlantiradigan odaming bo‘lmasa, bu senga foyda bermaydi. Bu shunchaki qimmat o‘yinchoq.”
Ikki oy o‘tmay, “mutaxassis” ishdan ketdi.
Sabab oddiy: xodimlar dasturni ishlatolmadi, tizim esa ishlamadi.
Tizimni dastur emas, odamlar ishlatadi.
Eng zo‘r avtomatlashgan kompaniyada ham robotlarni yakunda odam boshqaradi.
CRM, ERP, bot, dashboard — hammasi vosita.
Asosiy tizim — jamoa. Jamoa qurish.
Shuning uchun ko‘r-ko‘rona dastur o‘rnatish bilan ovora bo‘lma.
Avval qadriyati senga mos, kallasi ishlaydigan, talant bolalarni topishni yo‘lga qo‘y.
Ularga sharoit yarat.
O‘rgat.
Qo‘lla.
Talab qil.
Shunda jamoang kerakli tizimni o‘zi qurib oladi.
Tadbirkorning eng muhim ishi — to‘g‘ri odamlarni ishga olish.
Chunki jamoa bo‘lmasa, tizim ishlamaydi.
Jamoa bo‘lsa, tizim o‘zi quriladi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emas
Jamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol. Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Zo‘r to‘laysan,…
G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.
Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim. Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan…
G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o‘zi yetmaydi
Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman…