Do‘stim, kel, kimni ishdan bo‘shatish kerakligi haqida gaplashamiz #1
Nazariy jihatdan istalgan odam ishni yaxshi bajarishni o‘rganoladi. Lekin, qancha vaqtda? Jamoaga bu davrda ta’siri qanday bo‘ladi? Intel rahbari Gruv bir…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriNazariy jihatdan istalgan odam ishni yaxshi bajarishni o‘rganoladi.
Lekin, qancha vaqtda? Jamoaga bu davrda ta’siri qanday bo‘ladi?
Intel rahbari Gruv bir voqeani yozgandi:
“Xodim ishni yomon bajaryapti, desam hamkasbim: Hamma xato qilib o‘rganadi” dedi.
Bu yondashuvdagi xato shuki, xodim xatosi badalini mijozlar to‘layapti. Bu esa mutlaqo noto‘g‘ri.”
Shunday, ba’zi xodimlarning xatolari sabab brend ziyon ko‘radi, jamoadagilar doim qiynaladi.
Ular bilan hayrlashish kerak.
Ikkilanayotgan bo‘lsang savol ber: “Shu kishini qayta ishga olarmidim yoki tanishimga tavsiya qilarmidim?”
Javobing “Yo‘q” bo‘lsa, yangi nomzod qidirishga o‘taver.
—
Shogird xodimdan farqli odam, u tekinga yoki juda arzonga ishlaydi (1), va unga o‘rganishdan boshqa mas’uliyat yuklatilmaydi (2). Ustozi ishini doim nazorat qiladi (3), aksar holatda ishni tekshirib keyin mijozga o‘tkazadi (4).
Yana bir gap, ba’zida o‘rindosh topilmasligi sabab bir muddat sabr qilamiz. Ziyonini kamaytirishga harakat qilib turamiz.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, ishdan toza ketgin
Bir necha yil avval fan ustozlarimizdan biri boshqaruvdagi yangi lavozimga hujjat topshirdi. HR suhbatidan keyin kamina bilan gaplashdi. Kamchiliklarini ochiq…
G‘ayrat, layoqatni ko‘tarasan, sadoqatni emas
Bir xodimga asosiy ishidan tashqari qo‘shimcha vazifalar berildi. Alohida haq ham to‘landi. Bir yil o‘rgatdik, yordam berdik. Baribir eplay olmadi. Shuning…
G‘ayrat, xodimni ishdan bo‘shatishga emas, ishni eplab ketishiga tayyorla
Bir necha oy oldin rahbar lavozimiga nomzod bilan 2 soat suhbat qildim. Suhbat oxirida 60–70% eplab ketishiga ishondim. Buni o‘ziga ham ochiq aytdim. Ehtimoliy…