Asosiy mazmunga o‘tish
Boshqaruv falsafasi1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, sen ishini yaxshi bajarayotgan, ammo jamoaga munosabati yomon bo‘lgan xodim bilan ishni davom ettirish haqida…

Masalan, taksi haydovchisini olaylik. Uning asosiy vazifasi — yo‘lovchini xavfsiz va o‘z vaqtida manziliga yetkazish. Yo‘l davomida sigaret chekmaslik va…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Masalan, taksi haydovchisini olaylik. Uning asosiy vazifasi — yo‘lovchini xavfsiz va o‘z vaqtida manziliga yetkazish. Yo‘l davomida sigaret chekmaslik va yo‘lovchining kayfiyatini buzmаslik esa qo‘shimcha vazifasi. Ammo ko‘p haydovchilar buni tushunmaydi.

Xuddi shunday, ba’zi xodimlar faqat oylik savdo rejasini bajarishni o‘z vazifasi deb biladi. Sen ularga tushuntirishing kerak — rejani bajarish jarayonida boshqa sotuvchilarga xalaqit bermaslik ham ularning majburiyati hisoblanadi.

Bu vazifalarni odatda ishga olish suhbatida aytmaysan — vaziyatlar yuzaga kelganda kompaniya qadriyati sifatida asta-sekin singdirasan. Qabul qilsa yaxshi, qilmasa vaqt berasan — o‘zgarmas ekan, ishni davom ettirmasligingni ochiq aytasan.

Buni ochiq aytmas ekansan, xodimlar o‘zini juda muhim — voz kechib bo‘lmaydigan xodim sifatida his qila boshlaydi. Natijada boshqalarni mensimay, qoidalarga amal qilmay qo‘yadi.

Va bu seni va kompaniyaning xatosi bo‘ladi — potensial yaxshi kadrni ham buzib qo‘yishing mumkin. Shu sabab kompaniya qadriyatlari bilan xodimlarni tezroq tanishtirish va ularni himoya qilish kerak.

HR bo‘limi adaptatsiya jarayonida kompaniya qadriyatlarini tushuntiradi, albatta. Ammo, qadriyatlarga amal qilinmagan har bir holatlarda har bir xodim ularni himoya qilishi kerak, bo‘lmasa qadriyat yozuvda qolib ketadi, xolos.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emas

Jamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol. Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Zo‘r to‘laysan,…

1 daqiqa
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.

Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim. Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan…

1 daqiqa
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o‘zi yetmaydi

Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman…

2 daqiqa