Asosiy mazmunga o‘tish
Boshqaruv falsafasi1 daqiqa o‘qish

G‘ayrat, boshqaruv ham o‘zgaradi

Eshitgandirsan, eski boshqaruv qoidalarida xodimga: "Yechimsiz muammo ko‘tarib kelma" deb o‘rgatilardi. Endi savol, xodim yecholmaydigan muammo bo‘lsa-chi?…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Eshitgandirsan, eski boshqaruv qoidalarida xodimga: "Yechimsiz muammo ko‘tarib kelma" deb o‘rgatilardi.

Endi savol, xodim yecholmaydigan muammo bo‘lsa-chi?

Masalan, IT menejerim dasturimizdagi jiddiy bir xatoni topib oldi, lekin o‘zi yechim qilolmayapti

Xo‘sh, yechimi yo‘qligi uchun muammoni menga aytmasligi kerakmi? Yo‘q, aytishi kerak.

Eng kamida keyinchalik kutilmagan "Sovg‘a" bo‘lmaydi, eng ko‘pida boshqa mutaxassis tanishlarimga bog‘lanib birga yechim topishimiz mumkin.

Endi tasavvur qil, xodimlarimiz o‘zida yechimi yo‘q muammolarini aytmasa, o‘zida saqlab yuraversa nima bo‘ladi? Kompaniya yopiladi.

Aytish ekan, deb to‘g‘ri kelgan odamga, to‘g‘ri kelgan guruhga yozavermaslik ham kerak. To‘g‘ri kanal tanlash muhim.

To‘g‘ri kanal — mas’ullarning o‘zi, ularning o‘zi hal qilolmagan holatda, keyingi etapdagi odamga bog‘lanish imkoni.

Buni gapirish oson, qo‘llash qiyin. Biz ham shuni kompaniyamizda to‘liq tashkillashga juda qiynalyapmiz, lekin baribir tartiblaymiz.

@boshqaruvchiga
@abdullohgayoz_bot

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emas

Jamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol. Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Zo‘r to‘laysan,…

1 daqiqa
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.

Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim. Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan…

1 daqiqa
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o‘zi yetmaydi

Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman…

2 daqiqa