Do‘stim, tizim qurish oson, qiyini uni yashatish.
Yashatish — strukturada xodimga faqat bir kishi vazifa beradigan va hisob so‘raydigan bo‘lsa, amalda boshqa biri ishiga aralashsa, kim bo‘lishidan qat’iy nazar,…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriYashatish — strukturada xodimga faqat bir kishi vazifa beradigan va hisob so‘raydigan bo‘lsa, amalda boshqa biri ishiga aralashsa, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, uni o‘rtadan olishing.
Yashatish — menejeringga yo‘riqnomada bergan vakolating ichida ishiga o‘zing ham aralashmasliging, natijasiga rozi bo‘lishing.
Yashatish — yozib chiqqan biznes-jarayoning yo‘lga tushishi uchun zarur bo‘lsa, o‘zing xodim o‘rnida kuni bo‘yi ishlashing.
Yashatish — qurgan tizimingga bo‘ysunmaydigan biri chiqqanda u bilan jiddiy suhbatlashishing, zarur bo‘lsa, hayrlashishing.
Ro‘yxatni ko‘p davom ettirishim mumkin. Yuqorida yozganlarimning har birini boshimdan o‘tkazganman, oson ish emas.
Lekin boshqa yo‘l yo‘q. Qayerda ko‘rgansan loyiha chizilishi bilan uy bitganini?

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emas
Jamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol. Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Zo‘r to‘laysan,…
G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.
Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim. Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan…
G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o‘zi yetmaydi
Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman…