Asosiy mazmunga o‘tish
Ishdan bo‘shatish1 daqiqa o‘qish

Do‘stim, hech kimni to‘satdan ishdan bo‘shatma

Ishdan ketadigan odam uchun bu xabar “sovg‘a” emas, oldindan tayyorlangan qaror bo‘lishi kerak. Ishdagi yoki munosabatdagi jiddiy kamchiliklarni bir necha marta…

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Ishdan ketadigan odam uchun bu xabar “sovg‘a” emas, oldindan tayyorlangan qaror bo‘lishi kerak.

Ishdagi yoki munosabatdagi jiddiy kamchiliklarni bir necha marta muhokama qilasan,

Va agar bu takrorlansa, ketishga majbur bo‘lishi mumkinligini oldindan ogohlantirasan. Yo‘l shu, ochiq.

Unutma, ishdan ketganlar qanday ketkazilgani qolganlarga signal bo‘ladi:

Qolganlar kelajakda o‘zlariga qanday munosabat kutishlarini shu misoldan tushunadi.

Xodim bilan xayrlashganingda uning do‘stlari ishxonada qolishadi.

Adolatli bo‘lsang, ular seni hurmat qilishadi.

Adolatsiz bo‘lsang, imkon topishlari bilan ketishadi.

Telegramdagi asl post
Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Ishdan bo‘shatish

G‘ayrat, ishdan toza ketgin

Bir necha yil avval fan ustozlarimizdan biri boshqaruvdagi yangi lavozimga hujjat topshirdi. HR suhbatidan keyin kamina bilan gaplashdi. Kamchiliklarini ochiq…

2 daqiqa
Ishdan bo‘shatish

G‘ayrat, layoqatni ko‘tarasan, sadoqatni emas

Bir xodimga asosiy ishidan tashqari qo‘shimcha vazifalar berildi. Alohida haq ham to‘landi. Bir yil o‘rgatdik, yordam berdik. Baribir eplay olmadi. Shuning…

1 daqiqa