G‘ayrat, ketish haqida gapirma
Bu "uyimga ketaman, javobimni bering", deb so‘rab, eri "Ketsang ketaver" desa ham ketmasdan hurmati tushgan ayol holiga o‘xshaydi. Munosabatdan norozimisan?…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriBu "uyimga ketaman, javobimni bering", deb so‘rab, eri "Ketsang ketaver" desa ham ketmasdan hurmati tushgan ayol holiga o‘xshaydi.
Munosabatdan norozimisan? Shuni menga ayt. Ishdagi kamchilik to‘g‘rilanmayaptimi? Shuni menga ayt. O‘zingni mavzuga tiqmasdan.
Ketishing kerak bo‘lsa, aytaman o‘zim. Ketishga arziydigan jiddiy muammo bo‘lsa, urinsam ham qolmaysan o‘zi.
"Ketish" kartasi qo‘lingdagi oxirgi, eng kuchli karta bo‘lsin, o‘yin boshidan tashlaydigan qadrsiz bir karta emas.
Senga ham kimdir shunday o‘yin qilsa tezda oqibatini bildir, boshqa qadrini tushirmasligi uchun.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emas
Jamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol. Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Zo‘r to‘laysan,…
G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.
Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim. Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan…
G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o‘zi yetmaydi
Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman…