G‘ayrat, ta’tilga vaqting bo‘lmaydi
Biroz ishlarni tartibga solib, keyinroq bir necha kun dam olaman, deb o‘ylasang xato qilasan. Vaqt bilan hozirgi ishlarni tartibga solasan, albatta. Faqat,…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriBiroz ishlarni tartibga solib, keyinroq bir necha kun dam olaman, deb o‘ylasang xato qilasan.
Vaqt bilan hozirgi ishlarni tartibga solasan, albatta. Faqat, o‘rniga o‘sha vaqtga mos, yangi tartibsizliklar chiqadi.
Korzinkada tartibsizlik yo‘q, deysanmi? Adashasan. Hamma kompaniyalarni o‘z darajasiga mos muammolari bor. Bizda ham.
Shu sabab, hech bo‘lmasa 5-6 oyda bir, o‘zingga 3-4 kun dam ber, ishlar yonib ketmaydi, biroz kechikadi, xolos.
Dam bermasang, o‘zing stressdan "yonib" ketasan. Oxiri ishdan ko‘ngling qoladi, ketish haqida o‘ylay boshlaysan.
Qo‘rqma, rahbaringga 10-15 kun avval qaroringni ayt, o‘rningga ishlarni hal qilib turadigan odamni tayinla, shunda xotirjam bo‘lib, ruxsat beradi.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, muammo ishda emas
Bir xodimimiz ish ko‘pligi va stress haqida bir necha marta gapirdi. Vaqt boshqaruvi haqida tavsiyalar berdim. Stressni kamaytirish haqida gaplashdik. Yechimlar…
G‘ayrat, ba’zilar yakshanbani uxlab o‘tkazadi
Shuning uchun ham ularning hayoti deyarli o‘zgarmaydi. Rivojlanmoqchi inson uchun esa yakshanba — yetib olish kuni. Hafta ichida ulgura olmagan ishlaringni…
G‘ayrat, kutilmalarni boshqarish natijaga jiddiy ta’sir qiladi
Safardamiz. Sal kam 10 soat yo‘l yurib, mehmonxonaga 16:00 ga yetib keldik. 50 kishi. Hammaning kutilmasi — xonalarga kirib, biroz dam olish, undan keyin esa…