G‘ayrat, yana noldan boshlaysan
Zo‘r sotuvchi eding, shu sabab bo‘limga rahbar qilishdi. Bu senga yoqdi, faqat bir haqiqatni tushunib olgin: Lavoziming, ta’siring ortdi, lekin ishni bilish…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriZo‘r sotuvchi eding, shu sabab bo‘limga rahbar qilishdi.
Bu senga yoqdi, faqat bir haqiqatni tushunib olgin:
Lavoziming, ta’siring ortdi, lekin ishni bilish darajang deyarli nolga tushdi.
Endi zo‘r sotishing kerak emas, zo‘r sottirolishing kerak.
Endi vaqtida kelishing muhim emas, vaqtida keltirolishing muhim.
Endi dard aytishing kerak emas, dardlarni eshitib yechim berolishing kerak.
Bu zo‘r futbolchi trener bo‘lishiga o‘xshaydi, o‘zi zo‘r o‘ynagani hisoblanmaydi, agar o‘ynatolmasa.
Agar menejerlikda ham sotish bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsang , xato qilyapsan.
85% vaqting boshqarishga ketishi kerak. Fadal.
Boshqarish alohida kasb, ish. Sen esa unga yangisan.
Endi yana noldan boshlaysan.
Sotuvchi o‘rniga istalgan boshqa mutaxassislikni qo‘yib o‘qish mumkin.

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emas
Jamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol. Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Zo‘r to‘laysan,…
G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.
Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim. Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan…
G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o‘zi yetmaydi
Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman…