Asosiy mazmunga o‘tish
Tizim qurish1 daqiqa o‘qish37 marta o‘qilgan

G‘ayrat, tizimni shunaqa qurki, undan eng “ahmoq” odam ham foydalansa — muammosiz ishlasin

Biznes jarayonlarni qurishda inson farosatiga qoldirmaslik ahamiyati

Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Kami 1200 kishilik mehmonxonada edik. Tushlik 12:00–15:00, erkak va ayollar alohida qavatlarda.

12:00–13:00 oralig‘ida lift oldi o‘ta tiqin. Navbat, shovqin, erkak-ayol aralashib ketgan. Hafa bo‘laman.

Mas’ullardan so‘radim:

— Biror yechim qilsa bo‘lmaydimi?

Javob:

— Hamma bir vaqtda tushmay, 15:00 gacha tushsa ham bo‘ladi-ku, mana bu millatga o‘xshab.

Aytdim:

— Odamlarda ovqatlanish vaqti odatga aylangan. 12:00 bo‘ldimi — ko‘pchilik baribir tushadi. Buni odamlardan kutish noto‘g‘ri.

Keyin oddiy taklif berdim:

— Erkaklar 12:00 dan, ayollar 13:00 dan tushsa-chi? Son deyarli teng. Lift yengillashadi, aralashish kamayadi.

Muhokama o‘rniga muammo kichraytirildi:

— Bu masala faqat shu yerda, boshqa mehmonxonalarimizda bunday emas.

Ochig‘i, shu joyida o‘ylanib qoldim. Muammo aniq. Yechim varianti ham bor. Lekin tuzatishga istak, eshitishga toqat yo‘q.

Nega? Taxminimcha, hozir yangi mijoz oqimi baribir yuqori. Odamlar kelyapti. Ikkinchi marta keladimi-yo‘qmi — bu savol og‘riqli emas.

Lekin uzoq muddatli o‘yin boshqacha ishlaydi. Vaqti bilan, yangi mijozlar soni kamayib, eskilarni jalb qilish shart bo‘ladi. Bunda, mijozlarning hozirgi taassurotlari katta ta’sir qiladi.

Xulosa, farosatga qoldirmaydigan tizim qurgin.

Shunda mijoz ikkinchi marta ham keladi. 

Biznes esa borgan sari mustahkamlashib boradi.

Ulashish:
Abdulloh Shamsutdinov

Muallif

Abdulloh Shamsutdinov

Rahimov School hammuassisi va operatsion direktori

Muallif haqida
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emas

Jamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol. Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Zo‘r to‘laysan,…

1 daqiqa
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.

Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim. Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan…

1 daqiqa
Boshqaruv falsafasi

G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o‘zi yetmaydi

Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman…

2 daqiqa