G‘ayrat, yaxshi xodim ham ketadi
Qarorlaringni mantiq bilan tushuntirmasang — ketadi. Yuziga ishini maqtab, orqasidan xarakterini yomonlasang — ketadi. Aytilgan qadriyatlar bilan amaldagi…
Abdulloh ShamsutdinovRahimov School hammuassisi va operatsion direktoriQarorlaringni mantiq bilan tushuntirmasang — ketadi.
Yuziga ishini maqtab, orqasidan xarakterini yomonlasang — ketadi.
Aytilgan qadriyatlar bilan amaldagi ishlar boshqa bo‘lsa — ketadi.
Jamoada adolatsizlik bo‘lsa va sen bunga ko‘z yumsang — ketadi.
Adolat aybni emas, aybsizni qidirishda yuzaga chiqadi
Jamoa manfaatidan ko‘ra o‘z manfaatini o‘ylaydiganlarni himoya qilsang — ketadi.
Mutaxassisligiga oid masalalarda u oxirgi gapni ayta olmasa — ketadi.
Bozorda qadrini bilaturib arzonroq ishlatishga urinsang — ketadi.
Va’da berib, bajarishga imkoning bo‘la turib bajarmasang — ketadi.
Jamoada hurmatini tushirsang — ketadi.
Loyiha kelajagiga ishontirolmasang — ketadi.
Sendan nimadir o‘rganolmasligini tushunsa — ketadi.
Ishda ma’no yo‘qolsa — ketadi.
Va achchiq haqiqat shuki:
hammasini to‘g‘ri qilsang ham, ba’zilar baribir ketadi.
Ammo qolganlar — aynan shu jamoa uchun kerakli odamlar bo‘ladi.
Yaxshi xodimlar tasodifan kelmaydi va qolmaydi.
Ular
to‘g‘ri boshqaruv tizimi
bo‘lgan joyda qoladi.
Shu tizimni videodarslarimda bosqichma-bosqich

O‘xshash maqolalar
G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emas
Jamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol. Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Zo‘r to‘laysan,…
G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.
Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim. Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan…
G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o‘zi yetmaydi
Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman…